Hamma ham o‘tkir ichki sezgi bilan tug‘ilmaydi, ammo uni rivojlantirish imkoni bor. Bu olimlar va ruhshunoslar tomonidan tasdiqlangan.
Ko‘pchilik o‘tkir ichki his, g‘ayrioddiy qobiliyat egasi bo‘lishni, voqea-hodisalarni boshqalardan ko‘ra oldinroq sezishni istaydi. Va, bunday imkoniyat hammada bor!
Ijod bilan shug‘ullaning
Insonning fikrlashi va aqli uchun chap yarim shari, o‘zgachaligi va ilhomlanishi uchun o‘ng yarim shari javob beradi. Agar ichki sezgingizni takomillashtirishni xohlasangiz, aynan o‘ng yarim sharni rivojlantirishingiz lozim.
Ijodni keng ma’noda tushunish kerak. Rasm chizish uchun rassom bo‘lish, yozish uchun yozuvchi bo‘lish, raqs tushish uchun raqqos bo‘lish shart emas. Shunchaki ijodning qaysi sohasi ko‘nglingizga yoqsa, shu yo‘nalishda harakat qiling.
Ichki hisni rivojlantirishga san’at yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Muzey, rasm galereyalari, ko‘rgazmalarga ko‘proq boring. O‘zingiz yashayotgan joy, shahringizdagi mashhur odamlar haqida bilishga intiling.
Miyani chalg‘itib, uning o‘ng yarim sharini rivojlantirishga yo‘naltirish uchun o‘ng emas, chap qo‘lingizda, chapaqay bo‘lsangiz, o‘ng qo‘lingizda yozib ko‘ring. Oldingizga oddiy rasmni (masalan, uy yoki gulning rasmini) teskari (oyog‘ini osmondan) qo‘ying va shu holatda qayta chizing.
Ko‘proq muloqotda bo‘ling
Ichki sezgisi yaxshi rivojlanganlar kimning qanday odamligini yaxshi bilishadi, niyati, munosabati, hissiyotlarini darhol sezishadi. Bunga erishish uchun, birinchidan, odamlar bilan ko‘proq muloqot qilish kerak. Ikkinchidan, bu muloqot sifatliroq bo‘lishi lozim. Masalan, gapirishdan ko‘ra, ko‘proq eshitish, suhbatdoshning hissiyotlariga e’tibor berish, unga yaxshiroq razm solish tavsiya etiladi. Vaqt o‘tishi bilan suhbatdoshingizning keyingi so‘zlari va harakatlarini oldindan ayta oladigan bo‘lasiz.
Bu ko‘nikmani egallash uchun filmlarni ovozsiz ko‘rish maslahat beriladi. Xohlagan filmni qo‘yib, ovozini o‘chirib qo‘ying. Ekranga qarab, odamlarning nima deyishayotgani, ularning suhbati nima haqidaligi, ular qanday tuyg‘ularni his qilayotganlarini taxmin qiling. Film yangi va oldin uni ko‘rmagan bo‘lishingiz kerak, albatta. Keyin ovozini chiqarib, o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.
Tushlarga e’tibor berasizmi?
Ma’lumki, tushlar qandaydir xavfdan ogohlantiradi yoki ularda muhim savolga javob olish mumkin.
Hushsiz holat bilan aloqa o‘rnatish va ichki hisni rivojlantirish uchun tushlaringizni eslab qoling. Unutmaslik uchun ularni daftarchaga yozib boring. Ko‘rgan tushingizni tahlil qilib, uning nima haqidaligi, nimani anglatishi mumkinligini o‘ylab ko‘ring. Keyinchalik avvalgi yozuvlaringizni varaqlab, tushlaringizning ko‘plari ma’nosiz emasligini tushunasiz.
Ba’zan yolg‘iz qolish ham zarur
O‘zgalar bilan so‘zlashish yaxshi, ammo baribir bir oz vaqt yolg‘iz qolish ham zarur. Yolg‘iz qolganimizda o‘z hissiyotlarimizni, tanamiz berayotgan belgilarni yaxshi anglaymiz. Shu maqsaddda yolg‘iz sayr qilishingiz, oqshomlari uyda yolg‘iz qolishingiz mumkin. Yolg‘iz safarlar ham ichki sezgini rivojlantirishga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Bunda sukunat ham muhim rol o‘ynaydi. Yolg‘iz qolganingizda uni “eshitish”ga, atrofingizdagi tovushlarga quloq tutishga urinib ko‘ring.
Muhimi, ishonch
Ma’lumki, ichki hissiyot haqida gapirganda, tafsilotlar ham muhim hisoblanadi. Oddiy odamlar sezmaydigan arzimas narsa ichki hissi o‘tkir inson uchun katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Boshqalardan ko‘proq narsalarni ko‘rish uchun qiziquvchan bo‘lish kerak. Bunda o‘z qalbingizga ishonishingiz ham muhim. Ichki sezgingiz aynan shunday yo‘l tutish kerakligini aytayotgan bo‘lsa, aynan shunday qiling.
Aytaylik, bugun ishga borgingiz kelmayapti, ammo avval hech bunday bo‘lmagan. Yuragingizda qandaydir xavotir bor. Yaxshisi, ishdan javob so‘rang. Agar o‘z organizmingiz va yuragingizga ishonadigan bo‘lsangiz, ular ko‘proq belgi bera boshlaydi.
O‘zingizga yetarlicha baho bera olasizmi?
Ruhshunoslarning ta’kidlashlaricha, o‘ziga past baho beruvchi insonlarda ichki sezgi yaxshi rivojlanmagan. Ular uchun o‘zlaridan ko‘ra o‘zgalarni eshitish osonroq. Ichki sezgingizni rivojlantirishdan oldin, o‘zingizga yetarlicha baho bera olishingizni tekshirib ko‘ring.
Dilorom TOG‘AYeVA tayyorladi.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...