
Har yili yanvarning oxirgi yakshanbasida butun dunyo bo’ylab “Internetsiz kun” nishonlanadi. Ushbu bayramdan maqsad insonlarni kompyuter hayotidan biroz bo’lsa-da uzoqlashtirib, ularga real hayot ham bor ekanligini eslatib qo’yishdan iboratdir.
Olimlar fikriga ko’ra, kompyuterlar nafaqat inson hayoti, balki uning o’zini ham o’zgartirib yubordi.
Olimlar insonlarning 40% ini internetga qaram bo’lib qolgani haqida aytadilar, 12-13 yoshli o’smirlarda esa bu ko’rsatkich 80% ni tashkil etadi.
Ruhshunoslar internetga bandi bo’lgan bolalarni turli xatarlardan saqlash uchun ota-onalarga uning qanday kitoblar o’qiyotgani, qanday saytlardan foydalanishi va kimlar bilan muloqot qilishi haqida qiziqishni maslahat beradilar.
Bu holat kattalar bilan sodir bo’lganda unga real hayot go’zalliklarini tushuntirib berish va internetda bo’ladigan vaqtini nazorat qilishga intilish kerak. Yo’q deganda smartfonni kuniga bir necha marta o’chirib, unga ham, miyaga ham dam berish lozim.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar