«O‘shanda erim hech kutmagan savolimni bergandi:
— Nega tashlab ketmaysan?
Men allaqachon bu odamga ko‘z yoshlarim kor qilmasligini tushungandim. Vaqtida qilgan isyonlarim ham uni o‘zgartira olmadi. Qaynonam davolatib ko‘raylik, dedi. Ozgina payt ko‘ndi-yu, keyin yana icha boshladi.
Bolalar otasini jonidan ortiq ko‘radi. Qizim dadasi kechikaversa, xavotirlanib ko‘chaga chiqardi — yo‘l qarardi. Biror joyda yiqilib qolmadimi dadam, degan qo‘rquvi bor edi. Ko‘pchilik “Oydin bolalarni otasidan ayrimaslik uchun chidayapti-da”, deyishardi.
Biz muhabbat bilan oila qurdik. Otam talabalik yillarim olamdan ko‘z yumdi. Tunga yaqin eshitgan sovuq xabardan oyoqlarimning uchigacha muzlab qoldim. Yonimdagilar uyimga ertalab yetib borishim uchun chipta izlay boshlashdi. Dunyo torayib, vaqt to‘xtab qolgandek edi. O‘sha tunda ertalabgacha menga chipta izlab, topolmagach, viloyatimizga uchayotganlarning oldiga chiqqan, o‘ttizga yaqin kishiga vaziyatni tushuntirib, bittasining chiptasini topshirishga ko‘ndirgan insonning sevgisiga ishonardim.
Erim kutilmaganda davolanishga ahd qildi. To‘g‘ri, bir kunda yo bir oyda emas, bir yildan oshiq qilgan harakatlarimizdan so‘ng u asliga qaytdi...
Eng og‘ir vaziyatda ham insonga iroda bag‘ishlay oladigan kuch, bu — muhabbat, nazarimda...»
Manba: Darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)