— Tasavvur qilgin, ofisda ishlash shunaqangi qiyin-ki!
— Nima uchun?
— Birinchidan, shovqin-suron kuchli, o‘zingni bir joyga yig‘ib ololmaysan. Ikkinchidan, doim turtkilab, xurrak otmaslikni so‘rashadi…
***
Ishga qabul qilish uchun suhbat o‘tkazilyapti:
— Yaxshi, endi chet tilidan bilimingizni tekshirib ko‘ramiz. Ingliz tili?
— Mutlaqo!
— Nemis tili?
— Mutlaqo!
— Mutlaqo?! Bu so‘z yaxshi bilaman, degan ma’noni beradimi yoki juda yaxshi bilaman, deganmi?
— Yo‘q, mutlaqo bilmayman…
***
Mast erkak yarim tunda uyiga qaytdi. Endi eshikni ochib, hovliga kirgan edi, kuchugi uyasidan chiqib, unga qarab vovullay ketdi. Erkak:
— Jim bo‘l, ahmoq, jim! Hozir xotinim uyg‘onib qolsa, shunaqa yomg‘irda qayerda uxlashingni o‘yla!
***
— Salom, bu radiomi?
— Ha…
— Nima, meni hozir chindan ham hamma eshityaptimi?
— Ha, siz jonli efirdasiz.
— Do‘kondagilar va bozordagilar ham eshityaptimi?
— Ha, do‘kon va bozordagilar ham eshityapti. Gapiring!
— Yaxshi… Monya, sut olib o‘tirma, buvim sut olib keldi!
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...