Oiladagi o‘zaro munosabatlar murakkab va turli-tumandir. Shunga qaramasdan, har birimiz oilamizda baxt hukmron bo‘lishini istaymiz. Baxt va farovon turmush haqida qanchalik ko‘p o‘ylasak, u shuncha ko‘proq hayotimizda aks etadi. Ko‘pincha oilaviy baxt aynan ayollarga bog‘liq bo‘ladi. Aynan ular erkaklarni yo‘naltiradi va oilaviy hayotni yoqimli, mazmunli va baxtli qiladi.
Ayolning donoligi nikohni muvaffaqiyatli va davomli qila oladi. Agar munosabatlaringiz omadli va baxtli davom etishini xohlasangiz o‘z ustingizda biroz ishlashingizga to‘g‘ri keladi. Ba’zi muhim qoidalarni doim yodda tutishga harakat qiling.
Psixologlar tomonidan olib borilgan ko‘p yilik tadqiqot va tajribalar natijasi o‘laroq, quyidagi jihatlar baxtli oilaviy hayotning asosiy qoidalari sifatida e’tirof etiladi. Demak, siz ana shu jihatlarga e’tibor qaratsangiz, qolaversa, quyidagi tavsiyalarga amal qilishga intilsangiz, siz uchun foydadan xoli bo‘lmasligi aniq.
1. Har qanday ayol tabassum qilganda butunlay o‘zgaradi.
Turmush o‘rtog‘ingizga tez-tez tabassum hadya eting, u sizning ko‘zlaringizda quvonch va baxtni ko‘rsin. Shunda u sizning birga yashashdan baxtli ekanligingizni his etadi. Oilaviy hayot har doim ham oson kechmaydi, biroq hamma narsaning ijobiy tomonini qidirishga harakat qiling va juda charchab ketgan paytda ham jilmayishga kuch toping.
2. Uning muammolariga e’tiborli bo‘ling, ko‘proq tinglang.
Erkaklar ularni tinglashlarini yaxshi ko‘radi va siz bilan barcha voqealarni bo‘lisha boshlaydi. Murakkab vaziyatlarda siz ularning, u esa sizning suyanchingizga aylanadi. Turmush o‘rtog‘ingiz doim sizga ishonsin, shubhalanishi uchun asos bo‘lmasin.
3. Uyda birinchi bo‘lishga intilmang.
Erkaklarning aksariyati ularga ovoz ko‘targanni yoki buyruq berganni hazm qila olmaydi. Ularning biror kamchiligini yumshoq ohangda, bolalar va begonalar oldida kamsitmasdan bayon qiling. Uning fikrini tez-tez ma’qullab turing. Turmush o‘rtog‘ingiz o‘zini xo‘jayin ekanligini his qilsin. Agar biror fikrga qo‘shilmasangiz, o‘z qarashlaringizni ma’lum qiling, biroq ularni bajarilishini majburiy qoidalarga aylantirmang. Biroz vaqtdan so‘ng u sizning haq ekanligingizni tushunib, o‘zi fikringizni ma’qullashi mumkin.
4. Do‘stlar va tanishlarga muammolaringiz haqida gapirmang.
Barcha bahs-munozaralarni faqat oilaning ichida hal qilishga intiling. Oilangiz – bu sizning o‘chog‘ingiz, undagi muammolarni boshqalar bilan bo‘lishmang. Hech kim sizni va eringizni sizchalik bilmaydi, shuning uchun boshqalardan maslahat so‘rashga shoshilmang. Muammolarni tinchlangan holda eringiz bilan mustaqil ravishda hal qilishga harakat qiling. Baxtli oilaviy hayot, undagi xafagarchiliklar va tushunmovchiliklar faqat sizga taalluqli bo‘lishi lozim, yon-atrofdagi tanishlar yoki qo‘shnilarga emas.
5. Katta yoshdagi erkak kishini qaytadan o‘zgartirishning iloji yo‘q.
Shuning uchun uning ba’zi jihatlarini o‘zgartirishdan ko‘ra, ularga ko‘nikish osonroq. Siz ularni o‘zgartirishga harakat qilib, faqat asablaringiz va kayfiyatingizni buzishingiz mumkin, lekin hech narsaga erisha olmaysiz. Eng yaxshi usul xotirjam vaziyatda undan nimani iltimos qilayotganligingizni tushuntirish va buning sabablarini asoslab berishdir. Buni eringiz ishdan charchab va och qolib kelgan paytda emas, u sizni tinglay oladigan vaqtda amalga oshiring. Chunki ishdan charchab qaytgan erkak paypog‘i va shimini qayerga joylashtirish haqidagi nasihatlarga emas, sizning e’tiboringizga muhtoj bo‘ladi.
Oilaviy hayotingizni baxti va yanada mazmunli qilish o‘z qo‘lingizda ekanligini unutmang!
BAHOR tayyorladi.
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi