23:38 / 05.02.2018
4 905

Qiziqishlaringiz siz haqingizda ma’lumot beradi

Qiziqishlaringiz siz haqingizda ma’lumot beradi
Bolalagingizni bir eslab ko‘ring-a. O‘sha paytlarda nima qilishni yaxshi ko‘rardingiz? Qanday mashg‘ulot bilan shug‘ullanish sizga ko‘proq zavq baxsh etardi?

Psixologlar tomonidan o‘tkazilgan qator tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, kattalarning tabiati nimalarga moyilligini ularning bolalikda yaxshi ko‘rgan mashg‘ulotlaridan ham bilib olish mumkin ekan. Keling, bolalikdagi eng yoqtirgan narsa-buyumlaringizdan kelib chiqib, ayni kundagi sizning tabiatingiz, qarashlaringiz haqida ma’lumot olishga urinib ko‘ramiz. Psixologlarning mazkur xulosasi qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini sinab ko‘rish sizdan.

Plastilin.
Siz barcha sohada taraqqiyotga, rivojlanishga intiluvchan, orzu-umidlaringizni tezroq hayotga tatbiq qilishga harakat qiladigan insonsiz. Siz uchun hamma narsa mukammal bo‘lishi kerak. Ko‘pincha atrofingizdagilar sizni tushunolmaydilar. Lekin siz yaqinlaringizga yashashlari, ishlashlari, dam olishlari uchun imkon qadar yaxshi sharoit yaratib berishga harakat qilasiz. Sizning jasurligingiz va mardligingizga barcha birdek havas qiladi.

Konstruktorlar. Agar siz bolaligingizda soatlab o‘tirib nimalarnidir yasagan bo‘lsangiz, tabiatan o‘ta bosiq, sabrli, kezi kelganda, o‘jar va qaysar insonsiz. Tanlagan yo‘lingizdan ortga qaytmaysiz. Insonlarga hamisha ham ishonavermaysiz, Shuning uchun hamma narsaning isbotini talab qilishga harakat qilasiz. To‘satdan yuz berishi mumkin bo‘lgan ishlarni yoqtirmaysiz. Barcha yangi narsa va hodisalar sizni o‘ziga tortsa ham, siz uning ichiga kirishga shoshilmaysiz. Siz uchun hamma narsa maromi bilan kechgani ma’qul.

Kitoblar. Siz tabiatan xayolparastsiz. Siz uyingizni tark etmasdan ham yetti iqlimga «sayohat» qilishingiz mumkin. Aqlingiz ham maqtagulik darajada. Chunki har narsaning mag‘zini chaqishni bilasiz, har narsaning mohiyatini tushuna olasiz. Siz uzoqni ko‘ra olasiz, lekin kundalik ishlaringizni hamisha ham to‘la-to‘kis bajarishga u qadar e’tibor qaratmaysiz. Siz kelajak bugundan boshlanadi, degan aqidani yodingizdan chiqarmasligingiz lozim.

Bo‘yoq. Bolalaligingizda bo‘yoq bilan rasm chizish jonu dilingiz bo‘lgan bo‘lsa, sizni bemalol nozik did egasi deyish mumkin. Agar o‘ylagan rejalaringizni amalga oshirsangiz, hayotdan zavq ola boshlaysiz. Sizning yaqinlaringizga havas qilsa arziydi. Iliq muomalangiz, insonlarni qadrlashingiz barchani rom etadi.

Yumshoq o‘yinchoqlar. Siz tabiatan agressiv odamsiz. Yangiliklarga xushingiz yo‘q, yangi tuyg‘ularni boshdan kechirishni yomon ko‘rasiz. Shu sababli ham hayotingiz aksariyat paytlarda zerikarli o‘tadi. Biror narsaning mohiyatini tushunishga, fikrlashga umuman qiziqmaysiz. Hisob-kitobli ishlarni ham yomon ko‘rasiz.

Qo‘g‘irchoq. Yangi insonlar bilan tanishishni juda yaxshi ko‘rasiz. Lekin bu tanishuvlaringiz ko‘pincha uzoqqa bormaydi. Siz odamlar bilan nafaqat, gaplashasiz, balki ularning shaxsiy hayotlariga ham qiziqasiz. Hayotingizda insonlar bilan bog‘liq kasbni egallashga ishtiyoq kuchli.

Fotoapparat. Siz tabiatan bir marta ko‘rgan kishingizni yodda saqlab qoladigan insonlar toifasiga kirasiz. Sizda barcha narsalarni esda saqlab qolish qobiliyati yaxshi rivojlangan. Lekin ichki his-tuyg‘ularingizni aytishga qiynalasiz. Atrofdagilarning siz haqingizda bildirgan fikrlari ham siz uchun muhim ahamiyatga ega.

To‘p (koptok). Siz tabiatan uzoq kutishga va yaxshi o‘ylab keyin qaror qilishga moyil emassiz. Bir narsani rejalashtirsangiz uni tezda amalga oshirishga intilasiz. Bo‘lib o‘tayotgan voqealarni ko‘rishni emas, ularda qatnashishga harakat qilasiz. Bundan tashqari, turli tadbirlar, sport musobaqalariga qatnashish ham sizga zavq bag‘ishlaydi, shuningdek, har qanday sharoitga tez ko‘nikuvchansiz.
Mukarram XO‘JABEKOVA tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qiziqishlaringiz siz haqingizda ma’lumot beradi