Ba’zan turli ko‘ngilsiz voqealar, muammolarga duch kelamiz. Bu esa, albatta, kayfiyatimizga ta’sir qiladi. Bunday vaziyatda muammoni qanday paydo bo‘lgani emas, undan qanday qutulish chorasini izlash zarur.
Sevimli mashg‘ulot
Inson sevimli mashg‘uloti bilan shug‘ullansa, albatta, kayfiyati ko‘tariladi. Ayniqsa, sport bilan shug‘ullangan kishi tushkun kayfiyatdan uzoq yuradi.
Psixologlarning fikricha, odam bir xil, zerikarli hayot tarzidan qochishi kerak. Har bir kunni mazmunli o‘tkazish uchun vaqti-vaqti bilan hayotingizga yangilik olib kiring. Masalan, xona jihozlari o‘rnini, soch turmagingiz yoki kiyinish uslubingizni o‘zgartiring. Kiyim tanlashda ham kayfiyatni ko‘taruvchi yorqin ranglarni tanlang.
Kechirimli bo‘ling
Avvalo, inson har qanday vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi, qaysidir ma’noda o‘zini boshqara olishi lozim. Har narsaga xafa bo‘lish yaramaydi. Kechirimli bo‘lishni o‘rganing. Kechirish — birinchi o‘rinda qalbingizni yomon hislardan tozalash va o‘zingizga ruhiy azob bermaslikning eng qulay yo‘lidir.
Kulgiterapiya
Kulgi — har qanday dardning davosi. Dunyoga kulib qarang. Hatto, eng og‘ir damda ham tabassum qiling. Boshqalarda «ochiq chehrali inson», degan fikrni uyg‘oting.
Oila davrasida dam oling
Ba’zilar ish deb o‘zini unutib qo‘yadi. Bundaylar, qo‘yib bersangiz, uyni ham ishxonaga aylantiradi. Bu esa ruhiy zo‘riqishga olib keladi. Hech bo‘lmasa, oila davrasida dam oling. Chunki inson faqat oila davrasidagina o‘zini xotirjam sezadi.
Kayfiyat ko‘taruvchilar
Kayfiyatni ko‘taruvchi mandarin, apelsin, limonli choy va turli shirinliklarni tez-tez iste’mol qilib turing.
Ular tarkibida efir yog‘i bo‘lib, kayfiyat ko‘tarilishida yordam beradi. Bundan tashqari, mevalarning yorqin rangi insonni o‘ziga jalb etib, xushchaqchaqlik uyg‘otadi.
Ayniqsa, sitrus mevalarni iste’mol qilish foydali. Masalan, banan tarkibidagi sertonin kayfiyatni ko‘taruvchi gormon hisoblanadi. Anjir esa bunday vaziyatda charchoq va zo‘riqishning oldini oladi.
Dilfuza TILLAYeVA
Manba: od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Olimlar qahvaning ichakdagi bakteriyalar tarkibiga ta’sirini aniqladi
Filippin poytaxtida boshlangan yong‘inda mingga yaqin uylar yonib ketdi
Tramp jamoasi Kim Chen In bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Respublikasining yangi mudofaa vaziri tayinlandi
Finlandiyada omon qolish kurslariga yozilayotgan ayollar soni keskin oshdi