Kattalarning aytishlaricha, bolaligimda meni ammamning o‘g‘li Muzaffarga “beshikkerti” qilib qo‘yishgan ekan. Buvim rahmatli ikki farzandining o‘rtasidagi mehr-oqibatni mustahkamlashga erishganidan ich-ichidan quvonib yurardi.
Ammamning eri yaxshi joyda ishlar, oilasini har doim to‘kis qilib qo‘yardi. Dastlab bu udumga norozi bo‘lgan onam ham keyinchalik “O‘ziga to‘q oila, qizim bir umr yaxshi yashaydi”, deb buvimni ma’qullagan ekan. Muzaffar mendan olti yosh katta bo‘lgani uchun institutni tugatgach, ikki yilcha muhandis bo‘lib ishladi. Bu orada men maktabni tugatdim. Oxirgi qo‘ng‘iroqning ertasi kuni nikoh to‘yimiz bo‘ldi.
Qaynanam meni yeru ko‘kka ishonmasdi. Buvim har safar mehmonga kelganida, “Dilshoda — to‘ng‘ich nevaram, u xafa bo‘lsa, mening yegan ichganim ta’timaydi, halovatim buziladi”, deyishini kanda qilmasdi. Baxtli yashay boshladim.
Afsus, bir kam dunyo ekan. Farzandli bo‘lmadik. Bormagan joyimiz, ko‘rinmagan do‘xtiru tabibimiz qolmadi. Ayrimlar bunga yaqin qarindoshligimiz sabab ekanini aytishdi.
Erim ikkimiz hayotimizni bir-birimizsiz tasavvur qila olmasdik. Taqdirga tan berib yashay boshladik. Lekin qaynatam o‘g‘liga, xotiningdan ajrashib, qayta uylanmasang, bola-chaqali bo‘lmasang, seni bor merosdan mahrum qilaman, deb qat’iy talab qo‘yibdi. Shundan keyin ikkimiz buyumlarimizni yig‘ishtirib, uydan bosh olib ketdik.
Buni qarangki, baribir ota qarg‘ishi o‘q ekan. Ishlarimiz teskari ketdi. Bir amallab uy-joy qurdik. Turmush o‘rtog‘imning siqilishlari beiz ketmadi. Yuragi tez-tez xastalanib, yotib qoldi. Bizdan hech kim xabar olmay qo‘ydi. Qaynatam bor mol-mulkini kichik o‘g‘liga xatlab berganini eshitgan xo‘jayinim battar tutoqdi. “Dadam achchiq ustida gapirdi, baribir meni kechiradi”, deb yurgandi. Unday bo‘lib chiqmadi. Qaynatam so‘zida turib oldi.
Muzaffar akam ham qaysarlikda otasidan qolishmaydi. U ham “Xotinimdan ajrashganimdan ko‘ra o‘lganim afzal!” deb, to‘nini teskari kiyib olgan. Ammo ahvolimiz kundan-kunga og‘irlashib boryapti. Men uchun o‘zimning hayotimdan ko‘ra erimning sog‘lig‘i muhimroq. “Dadangizdan kechirim so‘rang, oilangizga qayting, men bilan ajrashing, bir kunimni ko‘rib ketaman” desam, “yo‘q” deb oyoq tirab turib olgan. Nima qilishniyam bilmay qoldim…
Nafisa
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»