QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugungi kuningiz har jihatdan yoqimli kechadi inshoolloh. Hatto, pul masalasida ham ko‘zlangan summani qo‘lingizga ola bilasiz. Kimdir mehnat ta’tiliga chiqishni mo‘ljallab yurgan bo‘lsa, bugun o‘sha fursat yetdi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri o‘zining turli mavzulardagi xush xabarlari bilan kayfiyatingizni yanada yuqorilatishi kutiladi. Faqat salomatligingizni asrang, bu masalada muammo paydo bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Yaxshisi, profilaktika bilan jiddiy shug‘ullaning. Kechqurun toza havoda sayr qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
20 fevral kuni sizga qattiq ishonadiganlarga nisbatan adolatsizlik qilib qo‘ymang. Siz ham ularga ishonch bilan munosabat yuriting. Ishxonangizda hamkasblar bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Oilasiz bo‘lsangiz, emotsiyani kechqurun uchun asrab qo‘ying. Sizni ishdan yoki o‘qishdan keyin romantik uchrashuv kutib qoladi. Kechqurun oilalilar jufti bilan yanada muloyimroq munosabat yuritishsa, foydadan xoli bo‘lmaydi. Ovqatlanish rejimini buzib qo‘ymang.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
20 fevralda bulutsiz kun kutadi. Bu kun sizga bir olam yoqimli xabarlar va lahzalarni hadya etadi. Moliyaviy muammolar hadeganda sizning foydangizga hal bo‘la qolmay xit qilishi mumkin. Ammo tashvish chekishga hojat yo‘q. Bu masala kechqurunga borib albatta ijobiy hal bo‘ladi. Muhabbat bobida mustaqil bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi. Kimningdir fikri bilan sevib yoki sevilib bo‘lmaydi-ku! To‘g‘ri emasmi? Demak, eng so‘nggi qarorlarni o‘zingiz chiqarishingiz kerak.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Hali o‘zingiz yaxshilab tanishmagan, yangi ishlarga shoshma-shosharlik bilan qo‘l urib qo‘ymang. Natijasi ko‘nglingizdagidek kechmasligi mumkin. Ishni reja asosida amalga oshiring. O‘zgalar maslahatiga sira muhtoj emassiz. Qalbingizga quloq tuting. U aldamaydi. Kechqurun qarindoshlaringiz bilan muloqot qilishingiz, ularga ro‘zg‘or yumushlarida yordam ko‘rsatishingiz va nihoyat salomatligingizni mustahkamlash bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Bugun birovlarning ko‘nglini og‘rita ko‘rmang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
20 fevralda tadbirkorlar norasmiy tarzda qandaydir hujjatlar, shartnomalarni imzolashi zarur bo‘ladi. Lekin sug‘urtalanmagan bo‘lsangiz, imzo qo‘yishdan bosh torting. Oxiri inqiroz bilan tugaydi-ya!.. Muhabbatda arzimas sabab bilan juftingiz, bo‘lg‘usi juftingizning ko‘nglini og‘ritmang. Hech qursa, xudodan qo‘rqing. Juftingiz, bo‘lg‘usi juftingiz sizning qarshingizda gunohga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Unga bilib-bilmay tuhmat qilib qo‘yishingiz mumkin-da! O‘rtada shayton bor, axir! Ana shundan saqlaning.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Ishxonadagi ishlaringiz tushga yaqin avj pallaga kiradi. Ba’zilar hatto tushlik qilishga ham vaqt ajrata olmasliklari mumkin. Agar rahbar bir ishning majburiyatini ikki xodimga taqsimlagan bo‘lsa, buni shunday qoldiring. Ko‘ngilchanlik qilib barcha majburiyatlarni o‘z zimmangizga olib o‘tirmang. Moliyaviy masalada oqimga qarshi suza ko‘rmang. Naq inqiroz yuz tutasiz. Pul taqsimlashda, xarajatlarga qo‘l urishda yetti o‘lchab bir kesing. Shunda tarozining pallasi teng bo‘ladi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
20 fevralda shaxsiy hayot va ishxonangiz orasidagi balansni saqlab qolishga harakat qiling. Aks holda ikki o‘t orasida qolib halak bo‘lasiz. Moddiy ahvolingiz ko‘ngildagidek kechadi. Demak, yaqinlaringiz uchun yoqimli xaridlarni amalga oshiraversangiz bo‘ladi. Kechqurun o‘smir farzandlar muammolari bilan mashg‘ul bo‘lishingiz ehtimoli bor. Sog‘lig‘ingizni asrang. Gripp yuqtirishdan saqlaning. Asabni ehtiyot qiling.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Bugun har bir tashlangan qadamdan, sodir bo‘ladigan voqea-hodisadan ko‘nglingiz to‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, hech kim sizning kayfiyatingizni buza olmaydi. Sog‘lig‘ingiz ham xuddi shu oqimda suza boshlaydi. O‘zingizni a’lo darajada his etasiz. Ro‘zg‘oringizda ba’zi uskunalarning buzilishi, ularni ta’mirlash bilan shug‘ullanishingiz kutiladi. Oila qurishga ulgurmagan do‘stlarimiz kechqurundan romantika kutsalar bo‘ladi. Bunga to‘liq haqlisiz. Hasadgo‘ylarga nisbatan qattiqqo‘l bo‘ling.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
20 fevral kuni faqat foyda beradigan ishlar bilan band bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Bunday ishlar faqat oilada bo‘ladi. Atrofingizni yorqin hodisalar kun bo‘yi qurshab turishi kutilmoqda. Ishxonadagi yumushlar ham qolib ketishi kerak emas. Dangasalikka yo‘l qo‘ysangiz, qo‘shimcha pullarsiz qolib ketishingiz muqarrarligini unutmang. Martaba va yuqori lavozimga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, hali mavridi emas.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Shaxsiy hamda moliyaviy masalaga oid ishlarni tartibga keltirib oling. Bu ishni amalga oshirishda nafaqat aql, balki kuchli emotsiya ham zarur bo‘ladi. Olisda yashaydigan yoshi ulug‘ qarindoshingizdan kun davomida u qadar yoqimli bo‘lmagan xabar eshitishingiz ehtimoli bor. Kechqurun ijod kishilari uzoq vaqt kompyuter qarshisida o‘tirishlari, ishga ko‘milishlari kutiladi. Mevalarni ko‘proq iste’mol qiling. Immunitetni ko‘tarishda mevalarga teng keladigani yo‘q.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
20 fevralda sizni ishda ham, o‘qishda ham muvaffaqiyatlar jamlanmasi orziqib kutadi. Har bir bajaradigan ishingiz foydali kechadi. Har bir olgan nafasingiz tanangizni yayratadi. Qarshingizda ko‘rganlaringiz go‘yo jannat gullari kabi yoqimli ifor hadya etadi. Bunday kayfiyat bilan siz go‘yo tog‘ni tolqon qilishga qodirsiz. Shuning uchun moliyaviy muammolardan tortib kundalik tashvishlargacha xamirdan qil sug‘urgandek silliq bitadi.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
O‘z sohangizda juda aqlli va uddaburonsiz. Shunday ekan, yangi g‘oyalar o‘ylab toping. Busiz taraqqiyotni davom ettirib bo‘lmaydi. Tortinish, andishalarni chetga surib qo‘ying. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri yoqimli xabar yetkazishi mumkin. Kechki payt o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz xavfi bor. Darhol vrach qabuliga boring. Oldini oling.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi