
Qizlarmas, xotinlar shim kiygan davr.
Ayollar sochlari yelkaga tushsa?!
Meni o‘ylantirar turfa xavotir,
Yigitlar qiznimas, qiz yigit quchsa.
Milliy liboslardan voz kechgan oni,
Insonlarning qalbi qulfga aylanar.
Ajabmas ertaga kampir ishtoni,
Yigitlar uchun ham urfga aylanar.
Ularni uyg‘oting, surmay xayollar,
Yigitlarni yigit suyishmasidan.
Yubkani mahkamroq kiying ayollar,
Uni ham urf deya kiyishmasidan…
Otabek Isroilov
Manba: mulohaza.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar