— Yaqinda onamning uzoqroq qarindoshlari uyimizga mehmon bo‘lib kelishdi. To‘rt-besh kun biznikida turib, shahardagi tajribali shifokorlarga ko‘rinishdi, tibbiy tekshiruvlardan o‘tgach, qaytadigan bo‘lishdi. Kutilmaganda kechki payt er-xotinning allanimalar ustida tortishayotgani qulog‘imizga chalindi. Noqulay bo‘lsa-da, ular o‘tirgan xonaning eshigini taqillatib, ichkariga kirdim. Ammo gap nimadaligini eshitib, qotib qoldim. Ularning aytishicha, sumkalaridan pul yo‘qolganmish. Eri: “Biror joyga ishlatgandirsan, eslab ko‘r”, deya xotinini tinchlantirmasin, u, aksincha: “Mening esim joyida, pul mana shu yerda turgandi. Roppa-rosa 500 ming so‘m. Pulni atay uyda qoldirgandim. Kasalxonadagi ishlarimiz bitgach, shu pulga shahardan bozorlik qilib qaytmoqchi edim”, dedi yana tutaqib.
Ayol shunchalar beandishalik qilayotgandiki, og‘iz ochishimga-da, iloj yo‘q edi. Xullas, o‘zimni zo‘rg‘a bosdim va uyimdagi bor pulim — 500 ming so‘mni chiqarib, unga uzatdim-da, “Mana, oling, 500 ming so‘m. Endi darhol chiqib keting”, dedim. Eri xijolat bo‘lib: “Qo‘yavering, aka, xotin zotini bilasiz-ku. Qayergadir ishlatganmi, faqat esidan chiqargan. Siz o‘zingizga olmang, uzr”, dedi. Xotini esa to‘ng‘illay-to‘ng‘illay, narsalarini yig‘ishtira boshladi. Pulni stol ustiga qo‘yib, xonadan chiqib ketdim. To‘g‘risini aytsam, dilim juda og‘ridi. Men ularga uyimdan joy bersam-u, ular rahmat, deyish o‘rniga tuhmat qilsa?!
Ertalab turib qarasam, ular yo‘q. Kechasi ketdimi, kunduzimi, bilmayman. Stol ustidagi pulni ham olib ketishibdi…
Ancha vaqtgacha bu voqeadan siqilib yurdim. Keyinchalik hayot tashvishlari bilan o‘sha voqeani unutgandek bo‘ldim. Biroq bir kuni kechki payt begona kirakash uyimizga kelib: “Sizga omonatingizni olib keldim”, deya bir paket tashlab ketdi. Ochib qarasam, o‘sha o‘zim bergan 500 ming so‘m pul va bir enlik qog‘oz. Xatda: “Agar kechirolsangiz, xotinimni kechiring. U pulni boshqa sumkaga solgan ekan. Uyga kelgach, topildi. O‘zi olib borib, uzr so‘ramoqchi edi. Ming afsuski, kecha undan ayrilib qoldik. Uni kechiring va rozi bo‘ling”, deb yozilgan edi.
Xatni o‘qib, yelkamdan og‘ir yuk olib tashlangandek bo‘ldi, ammo o‘sha kungi voqeani yuragimdan chiqarib tashlolmadim. Eng yomoni, birovga yaxshilik qilishdan, ayniqsa, kimnidir uyga kiritishdan qo‘rqib qoldim.
BAXTIYOR
Toshkent shahri
Toshkent shahri
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi