Ota-ona muqaddas zot. Ular uchun qancha yaxshilik qilsang, shuncha kam. Agar jonlari og‘rib, biror dardga yo‘liqishsa, farzandlarning ham tani og‘riydi. Qanday qilib bo‘lsa-da ota-onasiga shifo topishlariga yordam berishga, ularning tezroq tuzalib ketishlari uchun harakat qilishadi. Duoda bo‘lishadi. Ota-ona haqiga, ayniqsa, ular dard chekayotganda duo qilishning ham o‘z qoida va odoblari mavjud. “Zikr ahlidan so‘rang” hay’atiga kelib tushgan savol va unga berilgan javob ham huddi shu mazmunga ega.
“Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, qilayotgan ishlaringizni Alloh dargohida qabul qilsin. Men duo qilayotganimda ota-onamning dardlariga shifo so‘rayman. Ba’zida, ularning dardlarini menga bergin, deb duo qilaman, chunki dadam infarkt bo‘lganlar, ba’zida qiynalayotganlarini ko‘rib, men ham azob chekaman. Bu qilayotgan duoim yomon emasmi?”.
Ushbu savolga quyidagi tartibda javob berilgan:
“Va alaykum assalom! Menga bergin deb duo qilishingiz o‘ta og‘ir gap. Bunday demang. Allohning mag‘firati keng, faqat fazlidan so‘rang. Sizga bersa, sabr qilolmasdan diningizdan ajrab qolishingizdan qo‘rqing. Sizga bermay ota-onangizga shifo berishga ham Alloh taolo qodir. Vallohu a’lam!”. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi