22:20 / 21.02.2018
8 681

Bu ma’lumotlarni o‘qib nok yeyishni kanda qilmaysiz

Bu ma’lumotlarni o‘qib nok yeyishni kanda qilmaysiz
Nok dunyoning barcha mamlakatlarida o‘sadi. Sharq tabobatida uning juda ko‘p shifobaxsh xususiyatlari haqida bayon etilgan. Nok tetiklashtiradi, charchoq va zo‘riqishni yo‘qotadi, asablarni tinchlantirib, xush kayfiyat bag‘ishlaydi. Bu esa bemorlar uchun eng zarur bo‘lgan dori-darmondir.

Ana shu ko‘tarinki ruh sog‘ayishga bo‘lgan ishtiyoqni kuchaytiradi, inson tanasining dardlar bilan kurashishiga yordam beradi. Shuningdek, nok yurak tez urganda me’yorlashtirish hamda yurak mushaklari to‘qimalarini mustahkamlash xususiyatiga ega. Nokning pishirilgani esa tanani tozalab, kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Bu mevadan tayyorlangan sharbatlar, barglaridan tayyorlangan damlama harorat ko‘tarilganda va chanqoqni bosishda juda qo‘l keladi. Ayniqsa, xotira susayishida tez-tez iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Yangi uzib olingan, qaynatilgan noklar o‘pka xastaliklarini davolaydi.

Unutmaslik kerakki, nokni och qoringa yeyish mumkin emas. Iloji bo‘lsa, boshqa ovqatlardan alohida yegan ma’-qul. Nokning hali yetilmagan xom mevasini, hatto, qand kasali bilan og‘rigan bemorlar ham bemalol yeyishlari mumkin ekan. Undan tayyorlangan sharbat va damlamalarga shakar aralashtirmasdan ichgan foydaliroqdir. Ayniqsa,ozishni istaganlar nokni istagancha iste’mol qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bu ma’lumotlarni o‘qib nok yeyishni kanda qilmaysiz