06:05 / 04.03.2018
6 080

Yopiq fe’lli kishilarni liderlikka boshlaydigan 6 xislat

Yopiq fe’lli kishilarni liderlikka boshlaydigan 6 xislat
Hayotda so‘zamol odam bor, kamgap odam bor. Ularning birinchisi “ekstrovert”, ya’ni ochiq, dilidagi tilida turadigan toifa bo‘lsa, ikkinchisi “introvert”, ya’ni kamgap, o‘z olami va o‘y-xayollariga g‘arq toifaga mansub.

Ekstrovert – so‘zamollardan notiqlar, jurnalistlar, advokat, jamoat arboblari chiqadi, hech bo‘lmasa ular blogerlar sifatida o‘zlarini namoyon qiladilar.

Introvert yoki kamgap odamni liderlikka qiyoslashni ko‘pchiligimiz xato deb o‘ylaymiz. USA Today nashri o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatmoqdaki, introvert fe’l-atvorli rahbarlarning 65 foizi aynan shu fe’li tufayli lider bo‘la olishmas ekan. Yana qayd etilishicha, bugunga qadar jahonga ma’lum liderlarning 40 foizi “yopiq” fe’l-atvorga ega ekanlar. Va bular kuchli shaxsiyatga ega insonlar ekan. Bularning qatoriga Bill Geyts, Uorren Baffet, Charlz Shvabni kiritish mumkin.

1. Introvertlar mulohazali bo‘lishadi.
Olqish va e’tiborga o‘ch bo‘lgan, shoshma-shoshar ekstrovertlardan farqli ravishda, introvert fe’llilar biror imkoniyatdan o‘rni kelgandagina foydalanadilar. Shu sababli, ochiq fe’li odam “Kelinglar, bu ishni qilaylik!” deb turganida, introvert “Qilayotgan bu ishimiz to‘g‘rimikan?” deb so‘raydi. Ya’ni, bu toifa odamlar 7 o‘lchab bir kesishadi.

2. Introvertlar tinglashadi va o‘rganishadi.
Ekstrovert hammani o‘ziga qaratishni istaydi, diqqat-e’tibor markazi uning sevimli holati. Ammo introvert tinglashni yaxshi ko‘radi va gapirishdan oldin boshqalarning fikr-mulohazasini tahlil qiladi. U boshqa birov gapirayotgan paytda undan keyin nima haqida gapirishini o‘ylamaydi. Introvert shu odamni tinglab turib, nima deyishni o‘rganadi.

“Sukut inqilobi” asari muallifi Syuzan Keynning yozishicha, introvertlar tashqi tomondan qo‘llab-quvvatlansalar ham, chinakam motivatsiya ularning ich-ichida paydo bo‘ladi. Ya’ni, ularning muvaffaqiyati kimningdir munosabatiga bog‘liq emas.

3. Kamgap fe’l – introvertlar uchun muvaffaqiyat dastagi.
Maktab davrlarini eslang: hech qachon gapirmagan Aziz to‘satdan gapira boshlasa nima bo‘lgan edi? Butun sinf birvarakayiga Aziz tomonga xuddi chaqmoq chaqqanday hayrat bilan qaragan, uning gapira boshlaganidan o‘qituvchi nihoyatda sevingan edi.

Mana shu introvertlarga xos kamgap fe’lning muvaffaqiyat dastagi: ular og‘ir-bosiqlik, mulohaza va ijobiy fikrlash orqali kerakli lahzaga egalik qilishadi. Ya’ni, uning sukunatni buzgan ovozi shovqin emas, yangilik deb baholanadi.

4. Introvertlar kamgap va xokisor bo‘lishadi.
Ekstrovertlar ham kamsuqum bo‘lishadi. Biroq kamgaplar o‘zlarining imkoniyatlari va muvaffaqiyatlarini donolarcha chamalay oladilar. Insondagi kamtarinlik uning o‘z xato va kamchiliklarini, ojiz jihatini tan olish bilan o‘lchanadi. Introvert kishilar o‘z kamchiliklarini tan oladilar va to‘ldirishga intiladilar. Bu esa biznesda va hayotda muvaffaqiyatga erishishning muhim tarkibiy qismidir.

5. Introvertlar ko‘p ikkilanishadi.
O‘z o‘y-xayollari, ichki ovozini tinglash bilan band bu kabi odamlar ekstrovertlardan farqli tashqi ta’sirlarga chidamli bo‘lishadi. Shu sababli ular xotirjam ishlaydilar, tushkunlikka tushmaydilar, boshqalarning gap-so‘zi ular uchun ahamiyatsiz. Garchi, tashqi tomondan sezilmasa ham, introvertlar qaror qabul qilishga qiynaladilar.

Alberta Eynshteyn aytgani kabi, muvaffaqiyat mening aqlliligim emas, muammolar bilan uzog‘roq kurasha olishim bilan bog‘liq.

Ba’zida ikkilanish va shubha ham liderning foydasiga xizmat qiladi.

6. Introvertlar uchun yolg‘iz ishlash qulay.
Kattaroq biznes ochgan inson uchun sheriklar ortiqchalik qiladi. Sherikchilikda osh pishmaydi. Introvertlar diqqatni muayyan narsaga qaratish oson bo‘lgani uchun ham yolg‘ilikni yaxshi ko‘radilar.

Apple asoschilaridan biri bo‘lmish Stiv Voznyak shunday deydi: “Men uchratgan aksari kashfiyotchi va muhandislar uyatchan, kamtar, o‘z xayollari bilan band odamlar. Ular yolg‘iz bo‘lsalargina samarali ishlashadi, biror kashfiyotning yechimini nazorat qila olishadi. Sizga ham siz uchun erish tuyilishi mumkin bo‘lgan maslahatni beraman – yolg‘iz ishlang. Shunda ilg‘or mahsulot va kashfiyotlar qila boshlaysiz”.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yopiq fe’lli kishilarni liderlikka boshlaydigan 6 xislat