O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida Prezident viloyatning Tomdi, Konimex, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan uchrashgan.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Konimex tuman qozoq milliy madaniy markazi rahbari Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentning avvalgi uchrashuvlardan birida aytib o‘tgan: “Agar irrigator bo‘lmaganimda, shoir bo‘lardim”, degan gapini yodga olib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev bu fikrlarni yuzda tabassum bilan qabul qilgan.
Madaniy markaz rahbari o‘z so‘zi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlangan, o‘z ijodiga mansub she’r o‘qigan. Bu she’r “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” informatsion dasturida efirga uzatilgan Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi haqidagi reportajga mantiqiy yakun yasagan.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?