
Zarur masalliqlar: 2 kg. sazan balig‘i go‘shti, 150 ml. smetana, 100 ml. o‘simlik yog‘i, 100 gr. un, 100 ml. suv, 1 bosh piyoz, 1-2 bo‘lak sarimsoqpiyoz, tuz, qora murch.
Tayyorlanishi: 1. Baliq go‘shtini kattaroq bo‘laklarga bo‘ling. Tuz sepib, unga belab oling. So‘ngra qizdirilgan o‘simlik yog‘ida ikkala tomonini ham qizartirib, 15 daqiqalar qovuring.
2. Piyozni aylana shaklda to‘g‘rab, sarimsoqpiyozni ezib, qovurilayotgan baliqqa qo‘shing.
3. 3-4 daqiqalardan so‘ng smetana, qora murch va tuz solib, suv quying. 20 daqiqa dimlasangiz, taom tayyor!
8 kishilik
Manba: Darakchi.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar