22:05 / 11.03.2018
7 393

Olimlar: "Velosipedda muntazam sayr qilish qarish jarayonini ortga suradi"

Олимлар: "Велосипедда мунтазам сайр қилиш қариш жараёнини ортга суради"
Birmingem universiteti va Londondagi qirollik kolleji olimlari birgalikda velosiped sayri doirasida alohida tadqiqotlar o‘tkazishdi. Tadqiqotlarda bir guruh chekmaydigan, ichmaydigan erkaklar va ayollar ishtirok etishdi. Ishtirokchilarning yoshi 55 dan 79 gacha etib belgilandi. Erkaklarga 100 kilometr masofani velosipedda 6, 5 soat ichida bosib o‘tish vazifasi topshirildi. Ayollar esa 60 kilometrni 5, 5 soatda bosib o‘tishlari lozim edi. Sinovlardan keyin ikkala jins vakillari ham qayta tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Qarangki, velosport bilan faol shug‘ullanish qondagi ortiqcha yog‘ va xolesterin urchishiga yo‘l qo‘ymas ekan. Borlarini ham eritib, daf qilarkan. Bundan tashqari, bu sport turi erkaklar organizmida yuqori darajadagi testotron saqlanib qolishini ta’minlashi ma’lum bo‘ldi.

— Velosipedda har kuni ma’lum masofani zabt etish, — deydi olimlardan biri. — Odamning immunial tizimini ham mustahkamlaydi. To‘qimalarni erta kunda o‘lib ketishdan asraydi. Inson o‘zini sergak his eta boshlaydi. Teri ham ajinlar tushish jarayonini hadeganda boshdan kechira boshlamaydi. Bir so‘z bilan aytganda, velosiped sayri har qanday odamning qarish jarayonini sekinlashtirish uchun xizmat qiladi. Ammo bir shart bilan. Odamlar tamaki mahsulotlari va spirtli ichimliklar iste’mol qilmasliklari kerak.

Darvoqe, biz ham mutaxassis bo‘lmasak-da, shu masalada bir gapni aytib ketishni ma’qul topdik. Agar siz kashandalik va spirtli ichimliklar iste’molidan xalos bo‘la olmayotgan bo‘lsangiz, do‘xtirga qatnab ovora bo‘lmang. Velosiped sotib oling-da, har kuni kamida 10 kilometr masofaga sayr uyushtiring. Chekishni ham, ichishni ham bosqichma-bosqich tashlab yuborganingizni sezmay qolasiz.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar: "Velosipedda muntazam sayr qilish qarish jarayonini ortga suradi"