Onasini "mot qilgan" qizaloq...

Onasini "mot qilgan" qizaloq...
Qizaloq oshxonada o‘tirar, onasi idish-tovoq yuvardi. Bir payt onasining qora sochlari orasidan ko‘rinib turgan oq tolalarga ko‘zi tushdi. Hayron bo‘lib so‘radi:
— Nega sochingizda oqlar bor, oyijon?

Ona javob berdi:
— Har xato qilganingda, meni ranjitganingda, gapimga quloq solmaganingda sochimdan bitta qora tola oqarib qoladi.

Bu gapni eshitib qizaloq bir muddat o‘ylanib qoldi, keyin oldingidan ham hayratlanib dedi:
— Unda buvimning hamma sochlari qanday qilib oppoq bo‘lib qolgan?
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar