11:29 / 02.04.2018
6 552

Haftalik bashorat: Omaddan boshingiz ko‘kka yetadi!

Haftalik bashorat: Omaddan boshingiz ko‘kka yetadi!
Hamal
Bu hafta xavfli vaziyatlar ortda qoladi. Kasbiy va moliyaviy muammolaringizni hal etish bilan shug‘ullanasiz. Dushanbada muhim shartnomalar imzolaysiz. Ular siz uchun juda muvaffaqiyatli bo‘ladi. Faqat pul bilan cheklanmay, foydali investitsiyalar haqida ham o‘ylab ko‘ring. Juma — ijodiy ishlar uchun qulay kun. Hafta so‘ngida qadrdon do‘stlar bilan uchrashuv kutmoqda. Yakshanbani xaridlar uchun mo‘ljallang.

Savr
Yangi beznes sheriklar bilan shartnoma tuzasiz. Ular bilan hamkorlikni osongina yo‘lga qo‘yasiz. Ammo yon-atrofdagilardan hushyor bo‘lish talab etiladi. Hammaga ham do‘st, deb ishonavermang. Hafta o‘rtasida omad kulib boqadi. Ya’ni moliyaviy syurprizlardan boshingiz ko‘kka yetadi. Shanba — sevgi izhorlari va romantik sarguzashtlar uchun qulay kun. Yakshanbani oilangizga bag‘ishlang.

Javzo
«Javzo»lardan bu hafta faol bo‘lish talab etiladi. Tashabbus ko‘rsatishdan tortinmang. To‘g‘riso‘z bo‘ling, yolg‘onga aralashib qolmang. Balandparvoz va’dalarga aldanmang. Muzokaralar olib borish uchun qulay fursat emas. Ish, oila tashvishlaridan biroz chalg‘ib, yaqinlaringiz uchun ham vaqt ajrating. Balki ularga sizning yordamingiz kerakdir. Dam olish kunlari tabiat bag‘riga sayohat qilasiz.

Saraton
Hushyor bo‘ling, muammolarni birdan hal etishga urinmang. Vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlasangiz, barcha yumushlaringizni bajarishga ulgurasiz. Aks holda, sizdan omad yuz o‘girishi mumkin. Hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz yanada mustahkamlanadi. Hafta o‘rtasida moliyaviy ahvolingiz yaxshilanib, xursand bo‘lasiz. Muhabbat bobida aytarli yangilik yo‘q. Sog‘ligingizga bee’tibor bo‘lmang.

Asad
Ishda biroz kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkin. Buni bartaraf etish uchun diplomatik qobiliyatingizni ishga soling. Shunda darholvaziyatdan chiqish yo‘lini topasiz. Seshanbada pul bilan bog‘liq muammolarni hal etasiz. Faqat tavakkal qilmang. Hamkorlaringiz bilan ham hisoblashishni o‘rganing. Bir nechta foydali takliflar kutmoqda. Hafta so‘ngida ishdagi mavqeingiz oshishi kutilmoqda. Do‘stlaringizdan yordam so‘rashdan tortinmang.

Sunbula
Rejalaringizni amalga oshirishda hech qanday to‘siqlar bo‘lmaydi. Yon-atrofdagilar sizga xayrixoh bo‘lishadi. Lekin g‘oyalaringizni ko‘pchilikka oshkor etmaganingiz yaxshi. Do‘st tanlashda ehtiyot bo‘ling. Moliyaviy masalalarda omad kulib boqadi. Haftaning ikkinchi yarmida shifokor qabuliga yozilib qo‘ysangiz zarar qilmaydi. Axir, salomatlik hamma narsadan muhim. Dam olish kunlari qadrdon do‘stlar tashrifidan xursand bo‘lasiz.

Mezon
Bir nechta foydali bitimlar tuzish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Ammo buning uchun tortinchoqlik va dangasalik bilan xayrlashishingiz shart. Shunda muammolarga ham yechim topasiz. Ishda injiq va janjalkash hamkasblardan yiroqroq bo‘ling. Hafta oxirida sport musobaqalarida ishtirok eting. ²am jismoniy chiniqasiz, ham ma’naviy kuch olasiz.

Aqrab
Hafta «aqrab»lar uchun muvaffaqiyatlarga boy bo‘ladi. Barchani hayratda qoldirasiz. Qiyin moliyaviy masalalarni hal etasiz. Hafta o‘rtasida xorijlik hamkorlar bilan shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Buning uchun pishiq-puxta reja tuzsangiz bo‘ldi. Ko‘nglingizga quloq soling, chunki ichki sezgingiz hech qachon sizni aldamagan. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Qavs
Ko‘pdan beri yechimini kutayotgan muammolarni hal qilishga kirishasiz. Faqat aql bilan ish qiling. Hissiyotlarga berilmang. Ular sizning zararingizga ishlashi mumkin. Sizdan kuzatuvchanlik talab etiladi. Ahamiyatsizdek ko‘ringan narsalar ham foydali bo‘lishi mumkin. Pul bilan bog‘liq masalalarda omad kulib boqmaydi. Sabrli bo‘ling, bu vaqtincha. Dam olish kunlari uydagi ta’mirlash ishlariga xafsala qiling.

Jadiy
Siz har qanday vaziyatni nazorat qila olasiz. Shuning uchun murakkab masalalarni hal etishda maslahat so‘rashsa ajablanmang. Hamkasblar bilan muloqotda ziddiyatlardan qoching. Samimiy bo‘lishga harakat qiling. Shunda ular ham sizga xuddi shunday javob qaytaradi. Sir saqlashni biling. Do‘st deb har kimga dardingizni aytavermang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Dam olish kunlarini oilangizga bag‘ishlang.

Dalv
Hafta boshida muhim biznes muzokaralarda ishtirok etishingiz mumkin. Lekin o‘zingizni ko‘p urintirmang. Moliyaviy operatsiyalarni vaqtincha to‘xtatib turishingizga to‘g‘ri keladi. Katta xarajatlarni biroz ortga surganingiz ma’qul. Yaqinlaringizdan maslahat so‘rashdan tortinmang. Ular jon deb yordam berishga tayyor. Dam olish kunlari do‘stlar bilan sayohatga borib, miriqib hordiq chiqarasiz. Axir, yaxshi dam — mehnatga hamdam.

Hut
«Hut»larga bu hafta omad kulib boqadi. Moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Hamkorlar bilan ham foydali shartnomalar imzolaysiz. Hamkasblar bilan ham munosabatingizga havas qilsa arziydi. O‘zingiz orzu qilgan sayohatga chiqasiz. Undan bir olam taassurotlar
bilan qaytasiz. Muhimi, barcha imkoniyatlardan unumli foydalaning. Dam olish kunlarini oilangiz davrasida o‘tkazing.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haftalik bashorat: Omaddan boshingiz ko‘kka yetadi!