15:30 / 04.05.2018
6 317

Olimlar odamzod Xudoning qudrati bilan qachondan boshlab abadiy yashashi mumkinligini bayon qilishdi

Olimlar odamzod Xudoning qudrati bilan qachondan boshlab abadiy yashashi mumkinligini bayon qilishdi
Xorvard universiteti professori Jordj Cherch ayni paytda olib borilayotgan yangi-yangi tadqiqotlar bir kun kelib albatta samara berishini, o‘shandan boshlab insoniyat o‘limni chetga sura olishi mumkinligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Olimning aytishicha, inson organizmidagi irslar to‘liq dasturlab chiqilsa bas, o‘lim albatta ortga chekinishga majbur bo‘ladi.

— Bu kunlarga yetishimizga ko‘p vaqt qolmadi, — dedi olim. — Atigi 10 yil qoldi. Shu muddat ichida biz organizmdagi nokerak irslarni yo‘q qilamiz. Qolganlarini shunday dasturlaymiz, shunday ajoyib to‘qimalar yaratamizki, odam organizmi manaman degan xavfli virusga ham, o‘lim keltiruvchi xastaliklarga ham, issiq, sovuq, keksalikka ham mardona kurasha oladigan bo‘ladi. Buning uchun irslarga tegishli har bir oqsilni alohida dasturlashimiz, ularga jiddiy o‘zgartishlar kiritishimiz lozim bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar odamzod Xudoning qudrati bilan qachondan boshlab abadiy yashashi mumkinligini bayon qilishdi