12:55 / 06.05.2018
4 909

Yaponiyada liftdan foydalanishning hech qayerda yozilmagan o‘ziga xos qoidalari

Yapon madaniyatida liftga navbat bilan kirish ham odamlar zimmasiga ma’lum majburiyatlarni qo‘yadi. Shu sababli yaponlarda bunday mayda narsalarda ham tartib va uyg‘unlik bor hamda har bir kishi o‘z roli va o‘rnini biladi.

Ma’lumki, yapon axloq-odob qoidalari nafaqat aniq, balki juda batafsil keltiriladi. Odamlarning bir-birlariga murojaatlari nafaqat jins, yosh va jamiyatdagi mavqe, balki vaziyatga ham bog‘liqdir. Turmushda hech qayerda yozilmagan qoidalar ko‘plab mavjud bo‘lib, ular munosabatlarni ikir-chikirlarigacha tartibga soladi. Bir tomondan bu murakkab tuyulsa-da, boshqa tomondan qulay, chunki bosh qotirib o‘tirishga hojat yo‘q.

Masalan, lift. Barcha shunday vaziyatga tushgani aniq: lift tomon oshiqayotgan bir kishini poylab turish uchun lift eshigini ushlab turish kerak, biroq liftdagilar buni kim qilishini hal qilolmaydilar. Oqibatda eshik yopilib, lift tomon oshiqqan odam qolib ketadi. Yaponiyada bu holatga ham qoida mavjud. Buning uchun lift sardori “lavozimi” o‘ylab topilgan.

Quyida Yaponiyada liftdan foydalanishning norasmiy qoidalari keltirilgan:
Yaponiyada liftdan foydalanishning hech qayerda yozilmagan o‘ziga xos qoidalari
1. Agar bo‘sh liftga birinchi bo‘lib kirsangiz, siz unda lift sardorisiz.
2. Lift sardori sifatida boshqaruv paneli yonida turib, barcha odamlar liftga kirib olmagunlaricha eshiklarni ochib turish tugmasini bosib turasiz yoki eshiklarni ushlab turasiz.

3. Oxirgi odam kirishi bilan eshiklarni ochish tugmasini qo‘yib yuborasiz va darhol eshiklarni yopish tugmasini bosasiz. Bu tugmani eshiklar yopilmaguncha ushlab turasiz. Agar yana kimdir liftga kirmoqchi bo‘lsa, eshiklarni yopmay turasiz.
4. Sardor sifatida siz lift eshigini lift to‘xtaydigan har bir qavatda ushlab turasiz. Ushbu operatsiyani aniq va tez bajarish kerak va bunda tezkorlik talab qilinadi.

5. Agar siz o‘z qavatingizga kelsangiz, kema sardori kabi liftni oxirgi bo‘lib tark etasiz. Siz barcha chiqib ketuvchilar uchun eshikni ushlab turasiz.
6. Endi boshqaruv paneliga eng yaqin turgan odam sardor bo‘ladi. Yangi sardor sobiq sardor liftni tark etmaguncha tugmani bosib turadi.

Umuman olganda, siz Yaponiyada birinchi marta bo‘lsangiz va yetarli tajribaga ega bo‘lmasangiz (yoki tez harakat qilish sizga uncha xos bo‘lmasa), unda yaxshisi liftga birinchi bo‘lib kirmang va tugmalardan uzoqroq turing.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yaponiyada liftdan foydalanishning hech qayerda yozilmagan o‘ziga xos qoidalari