21:53 / 09.05.2018
4 641

Olimlar chiroyli kishilar kamroq kasal bo‘lishini aniqlashdi

Olimlar chiroyli kishilar kamroq kasal bo‘lishini aniqlashdi
Olimlar istarali kishilarda astma, qandli diabet va gipertoniya kasalliklari bilan og‘rish hollari kam uchrashini aniqladi. Jismoniy ko‘rkamlik darajasi yuqori bo‘lgan ayollar va erkaklarda salomatlik bilan bog‘liq muammolar shunchalik kam bo‘ladi.

Ular hayotlari davomida o‘zlarini ancha sog‘lom his qilib, kam ishlab, jismoniy va ruhiy kasalliklarga kam chalinadi.

Bunday g‘ayrioddiy natijalar AQShning Sinsinatti universiteti olimlari o‘tkazgan tajribalarda qayd etildi. Unda 24 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 15 ming erkak va ayollar qatnashdi.

Ularning tashqi ko‘rinishi fotosuratlar orqali boshqa ishtirokchilar tomonidan baholandi. Og‘rigan kasalliklari va ayni paytdagi ahvollarini esa odamlar o‘zlari ko‘rsatdi.

Ayollar va erkaklar juda xunuk, xunuk, o‘rtacha, chiroyli va juda chiroyli kabi beshta kategoriyaga ajratildi.

Juda chiroyli deb aniqlangan kishilar o‘z salomatligini ancha ijobiy baholagan va kam kasal bo‘lgan. Ularda yuqori qon bosimi, qandli diabet, astma, depressiya kabilar bilan og‘rish ehtimoli kam bo‘lib chiqqan.

Tadqiqotchilar fikricha, ularning natijalari ko‘rkamlik sog‘lom genlardan darak berishi haqidagi nazariyani tasdiqlaydi.

Manba: Sof.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)