11:55 / 11.05.2018
6 363

«Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4 bolamiz bor. Yetar...»

«Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4 bolamiz bor. Yetar...»
Farosat

U ko‘zguning oldida yuzidagi o‘zgarishlarga sinchiklab tikilayotgan ayoliga yaqinlashdi-da, bir gapni aytmoqchi bo‘ldi. Xayolidan tiliga sirg‘alib chiqishga tayyor so‘zlar quyidagicha edi:

"Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4 bolamiz bor. Yetar..."

Shu paytda ayoli unga kulimsirab qaradi va erining dilidan o‘tayotgan afkorni anglagandek so‘z qotdi:

– Dadasi, men bu bolamizni boshqacha suysam kerak. Axir, siz ham oyijonimning beshinchi farzandi bo‘lgansiz-ku. U, – deb ko‘rsatarkan qornini, – sizdek aqlli, farosatli va baxtli bo‘lishini istayman...

Yigit behol bo‘lib o‘tirib qoldi. 38 yil oldin o‘zi haqida ham shunday qarorga kelishganda nima bo‘lardi, degan savol uni o‘tirg‘izib qo‘ygandi...
Xayrulla XAMIDOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Bolani oldiraqol, xotin! Shundog‘am 4 bolamiz bor. Yetar...»