15:56 / 15.05.2018
4 934

"Qul haqqi" yoxud musulmon bo‘lgan yahudiy qissasi

"Qul haqqi" yoxud musulmon bo‘lgan yahudiy qissasi
Yaqinda musulmon bo‘lgan bir yahudiy hikoya qiladi. Musulmon inson bilan sheriklikda ancha yillar tijorat qildik. Ishimiz rivojlandi, katta foydalar ko‘rdik. Vaqti kelib ajraladigan bo‘ldik. O‘rtadagi molimizni hisobladik, ulushimiz aniq bo‘lgach, musulmon sherigim menga shunday dedi:

– Mana shu mol ham senga bo‘lsin.

– Nima uchun?

– Biz sen bilan shuncha yil birga ishladik va ko‘p foyda qildik. Dinimizda "qul haqqi" degan gap bor. Bu jiddiy masala. Yana biror joyda sening haqqing menga o‘tib ketgan bo‘lmasin. Men bir insonning haqqidan qo‘rqaman. Mabodo meniki senga o‘tgan bo‘lsa, roziman.

– "Qul xaqqi" nima degani?

– Bu masalani to‘liq tushuntira olmayman. Lekin nozik masala ekanligini bilaman. Istasang ilmli insondan so‘raymiz.

Bir ilmli insonning oldiga bordik. "Qul haqqi" to‘g‘risida ma’lumot berdi. Insonlarning molini nohaq yeyishning juda nozik tomonlarigacha tushuntirdi. U yerdan chiqib to‘g‘ri o‘z dinimning, ya’ni yahudiy olimning oldiga bordim va undan so‘radim:

– Musulmonlarda "qul haqqi" degan tushuncha bor ekan. Ular bu narsadan juda ehtiyot bo‘lar ekan. Bizning dinda bu haqida nima deyilgan?

– Agar bizning dinda "qul haqqi" degan tushuncha bo‘lganida, hech bir ish qila olmagan bo‘lar edik. Bizda hamma narsa "halol". Xususan, musulmonga tegishli bo‘lgan molni tortib ololsang, bu sening uchun savob ish hisoblanadi...

Qanday razillik!

Musulmonlardachi?

Musulmonlarda bir mol, garchi dushmanning qo‘lida bo‘lsa ham, uni himoya qilishga buyurilgan.

Qanday oliyjanoblik!

Uyga qaytib, darhol musulmon bo‘ldim.

Birovning xaqqiga rioya qiling. Go‘zal voiz bo‘lishingiz shart emas. Islom odobi bilan bezaning! Shuning o‘zi yetadi!
Shoolim ShOMANSUROV

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)