date
views 6 329

Moli harom kishining salovati qabulmi?

Moli harom kishining salovati qabulmi?
Savol: Moli harom kishining Nabiyga (sollallohu alayhi va sallam) aytgan salovati qabul bo‘ladimi?

Javob: Ha. Harom luqma yeydigan kishining Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) aytgan salovati qabul qilinadi. Chunki, harom mashru yoki buyurilgan ishni botil etmaydi. Gunoh ish qilib namoz o‘qigan kishi namozining savobini oladi, shu barobarida qilgan ishi sababli gunohkor ham bo‘ladi, deyiladi. Siz aytgan kishi salovatining hukmi ham shunday.
Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Moli harom kishining salovati qabulmi?