Ruhiy ozuqaga olib boruvchi omillardan biri ro‘zadir. Insonni yo‘ldan uradigan narsalar ichida qorin va jinsiy shahvatlar eng kuchlilaridan hisoblanadi. Ro‘zanong foydalaridan biri huddi o‘sha ikki shahvatni jilovlashga xizmat qilishidir.
Ro‘za taqvoning asosiy omillarida hisoblanadi.
Alloh taolo “Baqara” surasida:
“Ey, iymon keltirganlar, sizlarga ham, huddi sizdan oldin o‘tganlarga farz qilinganidek, ro‘za farz qilindi, shoyadki, taqvo qilsangiz”, degan.
Bu oyatdan kelib chiqadiki, ro‘za ham taqvo yo‘llaridan biri ekanligi.
Ro‘za tutgan shaxsning qalbida taqvo ruhi uyg‘onishi kerak. Agar kim ro‘za tutsa-yu, qalbida taqvo ruhi uygonmasa, u odam haqiqiy ro‘za tutmagan bo‘ladi.
Kimki iymon va e’tiqod bilan ro‘za tutsa, Alloh taolo o‘sha bandani “taqvo” deb nomlanuvchi, ikki dunyo saodatiga erishtiruvchi baxtga muyassar qiladi.
“Taqvo” ruhiy ozuqalanishning muhim omillaridandir.
Ro‘zada boshqa ibodatlarda bo‘lmagan xususiyat bor. Bu ro‘zaning Alloh taoloning o‘ziga bog‘lashligidir.
Alloh taolo hadisi qudsiyda buning bayonini qilgandir.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar:
“Alloh taolo dedi: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men O‘zim berurman”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyati.
Ro‘zaning bu sifatga ega bo‘lishining ikki ma’nosi bordir:
Birinchisi: ro‘za ichki amal hisoblanadi.
Ikkinchisi: ro‘za tutmoq shaytonga qahr qilishdir.
Shahvat yemoq ichmoq ila quvvatlanadi. Shahvati kuchli bo‘lgan insonga shayton o‘z amrini o‘tkazishi oson bo‘ladi. Ro‘za tutgan odamga esa, shayton yaqinlasha olmaydi.
Ulamolar nazdida ro‘zaning darajasi uchtadir:
Birinchi daraja ommaning ro‘zasi bo‘lib, u qorin va farjni shahvatdan tiyishdan iborat.
Ikkinchi daraja xoslarning ro‘zasi bo‘lib, u birinchi darajaga ziyoda ko‘z, quloq, tilni, oyoq, qo‘ll va boshqa a’zolarni gunohlardan tiyishdan iborat.
Uchunchi daraja xoslardan ham xoslarning ro‘zasi bo‘lib, u avvalgi ikki darajaga ziyoda qalbni yomon narsalardan, dunyoviy fikrlardan va Allohdan boshqa narsalardan tiyishdan iborat.
Toshkent Islom institute talabasi
Mamadazizov Jaloliddin
Mamadazizov Jaloliddin
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi