15:55 / 05.06.2018
5 168

Ne uchun ro‘za tutamiz?!

Ne uchun ro‘za tutamiz?!
Ro‘za barcha qadim dinlarning mushtarak ibodatidir.

Bahs ishqibozlari so‘raydilar: "Qanday qilib Alloh yeyishimiz uchun og‘iz, tishlar, halqum va oshqozonni yaratadi-da, so‘ng bizga: "Ro‘za tutinglar!" deydi. Bizda chiroy va shahvatni yaratadi-da, qanday qilib endi: "Birovlarga qaramang, iffatli bo‘ling!" deydi. Mana shu ishlar mantiqqa to‘g‘ri keladimi?".

Men ularga aytaman: "Balki yagona mantiq shudir! Alloh senga otni minish uchun bergan, u seni minishi uchun emas. Uni yetovingga olib, bo‘ysundirishing uchun bergan, u seni yetaklab, bo‘ysundirishi uchun emas.

Jisming sen uchun yaratilgan otdir. Sen uni minishing, bo‘ysundirishing, yetaklashing, tizginlashing va o‘zing xohlagan maqsadlarda ishlatishing kerak. Buning aksi emas. U seni yetoviga olmasin, maqsadlariga ishlatmasin va shahvatlari sari tortmasin.

Shu yerdan ma’lum bo‘lyaptiki, shahvatiga hukmronlik qilish, havosini boshqarish va halqumini qo‘riqlash insonlik alomati ekan. O‘zing sevgan narsa uchun kurashayotgan va yomon ko‘rgan narsalarga sabr qilayotgan lahzalardagina sen insonsan. Lekin bor g‘am-tashvishing ochliging va shahvatlaringga bo‘ysunish bo‘lsa, unda sen bir bog‘ pichan o‘rnidan qo‘zg‘aydigan va qamchi savashi darhol to‘xtatadigan hayvon ekansan.

Alloh bizni bu uchun yaratmagan!
Mustafo MAHMUD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ne uchun ro‘za tutamiz?!