Gap nima haqida?
Ba’zan shunday gaplarni eshitib qolamiz: tomoq stress natijasida og‘riydi, saraton birovni kechira olmaslik va adovat saqlash tufayli rivojlanadi, allergiya esa ichda yutilgan g‘azab natijasida “tashqariga chiqadi” - psixosomatikaga doir ilmiy ishlarda shunday izohlarni ko‘p uchratish mumkin. Qisqasi, bizning kasalliklarimizda g‘am-tashvishlarimiz aybdor. Bu psixosomatika deyiladi.
Foto: prozeny.cz
Bu qandaydir yangilikmi?
Yo‘q, bir zamonlar hatto Gippokrat ham insonning sog‘lig‘i uning fe’l-atvoriga bog‘liq ekani haqida aytgan: “Melanxoliklar nafaqat tushkun kayfiyatdan aziyat chekishadi, balki qorin sohasida xuddi nina sanchilgandek og‘riqlarni his qilishadi”.
1920 yilda sil bilan kasallangan Frans Kafka o‘zining holatiga shunday ta’rif bergan: “Mening ongim kasal, o‘pkamdagi kasallik esa shunchaki ruhiy kasalligimning aksidir”.
Yozuvchi Ketrin Mensfild ham shu kasallikka chalinib, o‘zining kundaligida shunday yozadi: “Rasvo kun... Azobli og‘riq va hokazo. Bu faqat jismoniy zaiflik emas. Sog‘ayib ketish uchun men o‘zimning ”men“imni tuzatishim kerak. Shifo topmayotganimning asl sababi ham shunda. Mening ongim menga bo‘ysunmayapti”.
Sil kasalligi - asabdanmi? Asl sababchi Koxa tayoqchasi emasmi?
Aynan shunday. Bakteriya havo-tomchi yo‘li orqali yuqadi va immunitet zaif bo‘lsa, o‘pkaga hujum qiladi. Silni anchadan beri mikrobga qarshi preparatlar bilan muvaffaqiyatli davolashadi.
Biroq psixosomatikada gap faqat bakteriyada emas, “sil qiluvchi fikrlar” - qayg‘u, tushkunlik, umidsizlikda hisoblanadi. Mazkur gipotezaga ishonuvchilar sil kasalligida har tomonlama “chuqur nafas olish”ni - toza havoda ko‘proq sayr qilish va bor salbiy fikrlardan xalos bo‘lishni tavsiya qilishadi.
Buning qandaydir ilmiy asosi bormi?
Qisman bor. Psixologik holat haqiqatda kasalliklar rivojiga ta’sir qilishi mumkin, kasalliklar esa inson psixikasiga ta’sir ko‘rsatadi - daliliy tibbiyot bu borada bahslashmaydi.
Shifokorlar depressiya va stressga chidamlilikning past darajasini xavf omili deb hisoblashadi: ular immunitetni tushiradi, buning natijasida esa sil kasalligi faol shaklga o‘tishi mumkin. Olimlar shuningdek uzoq cho‘zilgan stressning yurak kasalliklari, astma, diabet, Alsgeymer kasalligi va hatto saraton bilan aloqasini tasdiqlashmoqda. Gap shundaki, stress - bu yomon fikrlar va boshdagi hissiyotlar to‘plami emas, balki aniq fiziologik jarayon. U organizm faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmay qo‘ymaydi.
Ilm-fanda hatto psixologik holatning inson tanasiga ta’sirini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish ham ham bor. U ham psixosomatika deb ataladi. Biroq bu ikki tushunchani adashtirmang: rasmiy tibbiyot “boshdagi” muammolar ba’zi holatlarda kasallikni qo‘zg‘atishi mumkin deb hisoblaydi, muqobil tibbiyot esa - barcha kasalliklar faqat asablar faoliyati natijasi ekanini ta’kidlaydi.
Shunday bo‘lsa-da, psixologik holat o‘z-o‘zidan 100 foiz salomatligimiz uchun javob bera olmaydi. U faqat kasallikni keltirib chiqargan omillardan biri bo‘lishi mumkin. Alohida xavotirlar hech ham muayyan kasalliklar bilan bog‘liq emasligi tabiiy. Akne “katta hayot oldidagi qo‘rquv” tufayli emas, gormonal buzilishlar va terini noto‘g‘ri parvarishlash natijasida paydo bo‘ladi. Saraton “ichga yutilgan alamlar” sabab emas, DNK mutatsiyalari va immun tizimi faoliyatidagi xatolar tufayli yuzaga keladi.
Bu xavfli bo‘lishi mumkinmi?
Foto: prozeny.cz
Ha. Psixosomatika hatto eng og‘ir kasalliklarni ham psixologik holat bilan izohlaydi va ularni psixologik muammolarni hal qilish bilan davolashni taklif qiladi. Bunday davolash muolajalari o‘z-o‘zidan bezarar (hatto ba’zan foydali ham), biroq an’anaviy tibbiyot usullaridan voz kechilganda u katta muammolar bilan xavf soladi.
Masalan, psixosomatika bo‘yicha kitoblar mualliflari mastopatiyani “azoblanayotgan kishiga yordam berish istagi” sifatida izohlashadi. Aslida esa kasallik gormonlar muvozanatining buzilishi natijasida paydo bo‘ladi. Agar uni faqat xalq tabobati bilan davolansa, u ko‘krak bezi saratoniga aylanishi mumkin.
Demak, bu yolg‘on ilmmi?
Foto:“Mir24”/Yelena Andreyeva
Psixosomatik kasalliklar haqiqatda mavjud. Shifokorlar psixik og‘irlik qandli diabet, bronxial astma va yana qator kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin, deb hisoblashadi. Ular davolash muolajalari bilan bir qatorda psixoterapiya, trankvilizatorlar va antidepressantlarni tavsiya qilishadi.
Odam o‘ziga o‘zi kasallikni “to‘qib chiqarsa” ham, bu psixosomatikaga taalluqli bo‘ladi. Ba’zan bu haqiqiy kasallikka olib keladi. Nevropatolog Syuzan O’Sallivan o‘zining kitobida bir bemor boshida shishni aniqlab, bu saraton ekanligiga qaror qilgan holatini tasvirlaydi. Shundan so‘ng uning o‘ng qo‘li va oyog‘i falaj bo‘ladi - erkak o‘ng yarim shar tananing chap tomoni uchun mas’ul ekanini bilmagan.
Ba’zi kishilarda alohida belgilar muayyan hissiyotlarga yoki ma’lum bir vaziyatlarga reaksiya sifatida yuzaga keladi. Masalan, eri tashlab ketmoqchi bo‘lgan ayolda ko‘pincha havo yetishmasligi kuzatiladi. Har safar ayriliq mavzusi ko‘tarilganida uning ahvoli yomonlasha boshlaydi. Bu simulyatsiya emas, ayol haqiqatda havo yetishmasligini his qilmoqda. Biroq jismoniy jihatdan u soppa-sog‘.
Qolgan barcha kasalliklarda asosiy sababni ruhiy holatdan emas, fiziologiyadan qidirish mumkin. Psixosomatik qizamiq yo psixosomatik tripper bo‘lmaydi. Hech qachon suvchechak chiqmagan odam kasallangan kishi bilan muloqot qilganda uni yuqtirib olishi hech gap emas va bunda uning hatto Yer yuzidagi eng baxtli yoki o‘z hayotidan mamnun kishi ekanligi hech qanday yordam bera olmaydi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi