12:26 / 12.07.2018
8 994

Jazirama yoz uchun yaxna ichimliklar (foto)

Jazirama yoz uchun yaxna ichimliklar (foto)
Bugun sizlar uchun taqdim etadigan retseptlarimiz nafaqat kundalik chanqog‘ingizni qondirish uchun, balki bayram tantanalaringizda dasturxoningizga ko‘rk bag‘ishlash uchun ham asqotadi. «Yon daftar»ingizga saqlab qo‘ying.

KLASSIK LIMONAD

Masalliqlar:
3 dona yirik limon;
1 dona apelsin;
4–5 osh qoshiq shakar;
700 ml suv;
350 ml gazlangan suv.

Tayyorlanish usuli:
Apelsin va limonlarni po‘stini artib, sharbatini siqib chiqaring. Barcha masalliqlarni kastryulga soling. 3 osh qoshiq shakar va 700 ml qaynoq suv quying. Sovutib, 4-5 soatga muzlatgichga qo‘ying. So‘ng suzib oling va qolgan shakar bilan gazlangan suvni qo‘shing. Limon bo‘laklari va yalpiz bilan bezating.

MALINALI LIMONAD

Masalliqlar:
1 stakan malina (taxminan 170 g);
1 dona limon;
100 g shakar;
800 ml sovuq suv + yana 200 ml qiyom uchun;
muz, yalpiz va bezatish uchun malina donalari.

Tayyorlanish usuli:
200 ml suv va shakarni qaynatib, qiyom tayyorlab olamiz. Qiyomga malinani solib, yaxshilab ezamiz. Malinaning urug‘idan qutulish uchun qiyomni elakdan o‘tkazib olish kerak bo‘ladi. Qiyom sovugach, limonning sharbatini ezib chiqaramiz va unga qo‘shamiz. Qolgan suvni ham qiyom bilan aralashtirib, muz, malina donalari va yalpiz bilan bezatamiz.

OLChALI LIMONAD

Masalliqlar:
1 dona yirik limon;
2 dona apelsin;
3–4 dona yalpiz shoxchasi;
100 ml qiyom;
muz;
gazlangan suv.

Tayyorlanish usuli:
Bitta apelsinning yarmini va limonning to‘rtdan birini bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qolganidan sharbatini ezib, chiqaramiz. Grafinga meva sharbati va qiyomni quyamiz, yalpizni kaftimiz bilan ezib, solamiz. Grafin yarim bo‘lgunga qadar muz qo‘shamiz. Qolganini gazlangan suv bilan to‘ldiramiz. Meva bo‘laklari va yalpiz bilan bezatamiz.

YaLPIZLI LIMONAD

Masalliqlar:
250 ml suv;
125 g shakar;
4–5 dona yalpiz shoxchasi;
2 dona apelsin;
1 dona limon;
1 l «Sprayt» yoki gazlangan suv.

Tayyorlanish usuli:
Shakarni kastryulga solamiz va suv qo‘shib, qaynab chiqishni kutamiz. 5 daqiqa davomida qaynagach olovni o‘chiramiz va qiyomga yalpiz solib, sovutishga qo‘yamiz. Limon va apelsinlarning sharbatini ezib, qiyomga (yalpizni olib tashlaymiz) qo‘shamiz va gazlangan suv yoki «Sprayt» bilan aralashtiramiz. Muz bo‘laklari, yalpiz va sitrusli mevalar bilan tortamiz.

ShAFTOLILI LIMONAD

Masalliqlar:
3 dona shaftoli;
2 dona laym;
2 dona limon;
4–5 osh qoshiq shakar;
1 l sovuq suv;
muz.

Tayyorlanish usuli:
Shaftolini po‘stini artib, danagini olib tashlaymiz. Bo‘laklarga bo‘lib, idishga solamiz. Shu idishga ezilgan laym va limonlar sharbatini quyamiz, shakar qo‘shamiz. Suv quyib, blenderda yaxshilab ezamiz. Muz bo‘laklari bilan tortamiz.

Bu ichimliklar yozning jaziramasini osonroq yengishga juda qo‘l keladi. Oilangiz va yaqinlaringiz uchun tayyorlab ko‘ring. Va albatta, retseptlarni do‘stlaringiz bilan bo‘lishing!

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Jazirama yoz uchun yaxna ichimliklar (foto)