
4 yoshingda muvaffaqiyat - ishtoningni ho‘llab qo‘ymasliging.
8 yoshingda muvaffaqiyat - uyingni mustaqil topib kela olishing.
12 yoshingda muvaffaqiyat - atrofingda do‘stlaring bo‘lishi.
18 yoshingda muvaffaqiyat - mashina haydashga guvohnomang bo‘lishi.
23 yoshingda muvaffaqiyat - oliygohni bitirishing.
25 yoshingda muvaffaqiyat - ish topa olishing.
28 yoshingda muvaffaqiyat - o‘zingga munosib kishi yoki ayol bilan turmush qurishing.
30 yoshingda muvaffaqiyat - farzandli bo‘lishing.
35 yoshingda muvaffaqiyat - mol-dunyoga ega bo‘lishing.
45 yoshingda muvaffaqiyat - ko‘rinishing, yoshliging va g‘ayratingni saqlay olishing.
50 yoshingda muvaffaqiyat - farzandlaring mevasini ko‘ra boshlashing.
55 yoshingda muvaffaqiyat - er-xotinlik majburiyatlarini ado etishga qodir bo‘lishing.
60 yoshingda muvaffaqiyat - mashina haydash guvohnomangdan foydalana olishing.
65 yoshingda muvaffaqiyat - xastaliklarsiz hayot kechirishing.
70 yoshingda muvaffaqiyat - boshqaga boqimanda emasligingni his qilishing.
75 yoshingda muvaffaqiyat - atrofingda do‘stlaring (tirik) bo‘lishi.
80 yoshingda muvaffaqiyat - uyingni mustaqil topib kela olishing.
85 yoshingda muvaffaqiyat - ishtoningni ho‘llab qo‘ymasliging.
Bularni o‘qib quyidagi oyati karima yodimga tushdi:
"Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so‘ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so‘ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan zotdir. U xohlaganini yaratur. U o‘ta ilmli va o‘ta qudratlidir" ("Rum" surasi, 54-oyat).
Mubashshir AHMAD
Manba: Azon.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar