07:30 / 23.07.2018
22 861

Nafs muolajasi

Nafs muolajasi
Inson boshiga tushadigan har xil balo-ofatlar beodoblik va badxulqlik natijasida bo‘ladi, desak xato bo‘lmaydi.

Zero, xalqimizda: “Mening nafsim balodur, o‘tdan cho‘qqa soladur”, degan purxikmat gap bor.

Gapni ko‘p cho‘zmay, nafsning uch muolajasiga o‘tamiz.

Alloh taolo Qur’oni karimda nafsni poklashga chaqirib, bu ishni amalga oshirgan insonni yutuqqa erishganini ta’kidlaydi.

“Haqiqatda, kim u (nafs)ni poklasa, yutuqqa erishadi” (Shams surasi, 9-oyat).

Mashoyixlar nafs tarbiyasi va isloxida asosan, uchta muhim yo‘lga urg‘u beradilar.

Nafsdan xohlayotgan narsalarini tiyish yoki kamaytirish.

Chunki asov hayvonni jilovlash va qo‘lga o‘rgatish uning yemini kamaytirish bilan bo‘ladi. Xuddi shuningdek, bebosh nafsni tarbiya qilaman degan kishi nafs xohish va istaklarini jilovlab tiyish kerak.

Nafsga og‘ir keladigan ibodatlar, yaxshi ishlarni yuklash.

Asov hayvonni bo‘yin sundirishining yana bir yo‘li, uning yemini ozaytirish bilan birga ustiga ortiladigan yukini ko‘paytirish bilan bo‘ladi. Shunda hayvon zaiflashib, o‘z-o‘zidan itoatkor bo‘lib qoladi. Nafs tarbiyasida mana shu usulni qo‘llash yaxshi samara keltiradi.

Bu yo‘lda doim Alloh taolodan tavfiq va yordam so‘rash.

Chunki nafsni Alloh taolo yaratdi. Uning holatini, qiladigan ishlarini bizdan ko‘ra yaxshiroq biladi.

Ulamolar quyidagi nabaviy duoni o‘qishni tavsiya qiladilar:
"Allohim, nafsimga taqvosini ber. Va uni pokla. Sen poklovchilarning eng yaxshisisan. Uning Egasi va Xoliqi ham O‘zingsan".
Asadulloh AZIMOV
Andijon shahar “Jiddai Muborak” masjidi imom-noibi

Manba: Muslim.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nafs muolajasi