21:21 / 25.07.2018
15 401

Shavkat Mirziyoyev ilk marta o‘z oilasi haqida gapirdi (video)

Shavkat Mirziyoyev ilk marta o‘z oilasi haqida gapirdi (video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilk marta o‘z oilasi — farzandlari va nevaralari tarbiyasi haqida gapirdi.

Kecha, 24 iyul kuni O‘zbekistonning bir qator telekanallari orqali «Janob Prezident» nomli hujjatli film namoyish etilgandi. Ushbu filmning yakuniy qismida Shavkat Mirziyoyev oilasi haqida gapirgan.

«Hayotda eng katta narsa har bir inson uchun bu oila. Oila men uchun muqaddas. Muqaddasligi shuki, avvalambor, qayerda ishlashingdan, kim bo‘lishingdan qat’i nazar, oilada tarbiya, muhit, halollik, mehr-oqibatga e’tibor berilmasa, hech qachon kerakli natijaga erishilmaydi. Shuning uchun men farzandlarimning tarbiyasiga juda katta e’tibor berganman. Farzandimga ham, nevaramga ham alohida munosabatim bor, har birining niyatini, istagini bilaman. Agar oila bilan bo‘lsang, o‘zingni baxtli deyishga to‘liq haqing bor. Faqat oilam emas, xalqim ham baxtli bo‘lsa, men o‘zimni baxtli his qilaman», degan Prezident.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shavkat Mirziyoyev ilk marta o‘z oilasi haqida gapirdi (video)