Asr namozini ado qilib bo‘lgach, qiz oynaga qarab pardoz qilar, nikoh to‘yiga hozirlik ko‘rib, qordek oppoq kelinlik libosini kiyayotgan edi. Shu asnoda u shomga aytilayotgan azonni eshitib qoldi va namozini o‘qib olmoqchi bo‘ldi. Shunda tahorati buzilganligi sabab onasiga:
– Oyi, men tahorat olib, namozimni o‘qib olay, - dedi.
– Esing joyidami? Hozir kuyov keladi. Tahorat olsang, yuzingdagi “makiyaj”ing rasvo bo‘ladi-ku..! Bas, yetar, sening onangman..! Ayni damda namoz o‘qishing shart emas! Allohga qasamki, hozir “makiyaj”ni buzib, tahorat olsang, sendan ranjiyman..! - dedi ona xunob bo‘lib.
– Onajon, Allohga qasamki, men namozimni o‘qimasdan bu xonadan chiqmayman, - dedi qiz muloyimlik bilan.
– O‘zi shundog‘am vaqt oz qoldi. Mehmonlar oldiga qanday qilib makiyajsiz chiqasan.! Qiz bola kelin bo‘lganida ochilib turishi lozim. Mehmonlar sening ustingdan kulib yurishini istaysanmi, jon qizim?
– Onajon, siz mening odamlarga chiroyli ko‘rinmasligimdan qo‘rqyapsizmi? Undan ko‘ra, mening Robbimning huzurida ahvolim qanday bo‘lishini o‘ylasangiz-chi!? Qo‘rqqanim shuki, agar namozimni o‘tkazib yuborsam, Yaratgan Egamning oldida amali chiroylilardan bo‘lmay qolaman, dedi-da qiz tahorat olishni boshladi.
Yuzidagi hamma bo‘yoqlar suv bilan oqib tushdi. Keyin u namozini o‘qishga kirishdi. Sajdaga bosh qo‘yar ekan, bu oxirgi sajdasi ekanligini bilmas edi.
Ha..! U sajdaga borganida nafas olishdan to‘xtadi. Robbisini itoatida mustahkam turib, bu dunyoni tark etgan muslima uchun bundan ortiq oliy maqom bormikan?!
U hayotining shunday muhim kunida ham Robbisi va uning itoatini birinchi o‘ringa qo‘ydi. Buning evaziga esa uning joni Allohga ibodatning eng ulug‘ holati – sajdada olindi. U Robbisiga yaqin bo‘lishni xohladi!
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”