QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
2 avgust siz uchun ajoyib kechishi kutilmoqda. Asosiysi, vujudingizda qaynab turuvchi g‘ayrat barcha og‘ir-yengil yumushlarni a’lo darajada uddalashingizga sababchi bo‘ladi. Faqat yumushlarni o‘z foydangizga hal etish payida bo‘ling. Aks holda bu ish bilan band bo‘lish sizga nima uchun kerak. Kunning ikkinchi yarmida yaqin qarindoshlardan biri o‘zingiz yo‘l qo‘ymagan gunohlarda ayblay boshlashi mumkin. Bunday vaziyatlarda qalbingiz amriga bo‘ysuning. Agar qarindosh aytgan o‘sha gunoh og‘ir bo‘lsa, kechirasiz-u, qarindoshchilik o‘z yo‘liga. Lekin o‘zingizni oqlab olishingiz shart bo‘ladi.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Bugun quyosh yuz ko‘rsatmasdan uyg‘onishingiz va ish, o‘qishga kechikmasdan borishingiz tavsiya etiladi. Romantik lahzalarni kechqurun uchun asrab qo‘ying. Suyukli insonlar bilan dildan suhbatlashish aksar holatlarda kechqurun qizg‘in kechadi. Ishxonangizda vaziyat siz kutgandan ham a’loroq bo‘lishi kutiladi. Chunki siz barcha majburiyatlaringizni ado etib ulgurasiz. Demak, mukofotdan umid qilishga haqlisiz. Mukofotni qayerga sarflashni esa sizga o‘rgatib o‘tirishning hojati yo‘q.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
2 avgust kuni nafaqat ruhan, balki jismonan og‘irlashib borayotganingizni his etasiz. Ish boshlash ham yuk tufayli qiyin bo‘ladi. U holda hamma ishni tashlab tabiat qo‘ynida dam olib qaytishingiz kerak. Do‘stlarni taklif eting. Kunning ikkinchi yarmida moliyaviy muammolarni bartaraf etish niyatida yelib-yugurasiz. Kechqurun ekzotik va yangi ko‘rinishdagi taomlar iste’mol qilishda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang.
QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz bo‘rondek boshlanib, bo‘rondek yakun topishi mumkin. Shu bo‘ron iskanjasida ham barcha ishlarni uddalab, moddiy rag‘bat olishga-da ulgurasiz. Oilaviy hayotingizda yoqimsiz vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Shuning uchun muhim qarorlar qabul qilishga shoshilmang. Kimlardir azaldan farzand ko‘rishni orzulagan bo‘lsa, o‘sha kun keldi. Kechqurun yoki tunda yangi mehmonni yorug‘ yuz bilan qarshi olishga haqlisiz. Salomatlikni ehtiyotlang.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
2 avgustda har qanday turdagi va hajmdagi ishlarni bajarishda faqat o‘zingizgagina suyaning. Birovlardan yordam kutishingiz befoyda. Kun davomida zarra bo‘lsin xayrli ishga qo‘l uring. Azartli o‘yinlar va tavakkalchilik bilan boshlangan ishlar sizga faqat ko‘ngilsizlik olib keladi. Zahirangizdagi bor mablag‘dan ajrab qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun shamollab qolishdan ehtiyot bo‘ling.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kuningiz omadli boshlanadi va agar kayfiyatingizni majburan o‘zgartirib olmasangiz, omad kechgacha sizni tark etmaydi. Atrofdagilarni ham bu yaxshilikdan bahramand etasiz. Lof bo‘lmasa, parizod burjida tug‘ilganlar nimaga qo‘l ursa, go‘yo oltinga aylanib qoladi. Mayli, oltinga aylanmasin, bu illyuziya, ammo qog‘oz pullarga aylansa ham yomon bo‘lmasdi. Baxtga qarshi, muhabbatda oila qurmaganlarning omadi kulmaydigan bo‘lib turibdi. Yaqinda tanishgan inson negadir sizga ishonmaydigan ko‘rinadi. Bu muammoning yechimini topmasangiz bo‘lmaydi.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
2 avgust kuni ikki ko‘zingiz osmon-u falakda bo‘lsa, ishoning, baxt va omadning shundoq yaqinidan o‘tib ketasiz. Keyin esa afsuslanib yurasiz. Shunday ekan, oldinga, keyin ikki yonga tez-tez ko‘z tashlab yuring. Muhabbatda oila qurishga ulgurmaganlar bugun baxtini topishi tayin. U shundoq qarshingizdan chiqadi. Hamkasblardan biri bilan birga kechqurun xizmat safariga jo‘nab ketishingiz mumkin. Bu safar albatta quvonchli va xayrli kechadi.
ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yulduzlar buguningiz ham totli, ham achchiq kechishi mumkinligini bashorat qilishgan. Haqiqatan, achchiq va shirinlikni birdan yeyishni xohlayverasiz. Aniqrog‘i, ichki kayfiyatingiz bir joyda turib qolish o‘rniga uyoqdan buyoqqa sakrashi kuzatiladi. Ishda qaysarlik sizga katta yordam bersa, muhabbatda yon berishdan bo‘lak chorangiz qolmaydi. Agar o‘z bilganingizdan qolmasangiz, kechqurunga borib yolg‘iz qolib ketishingiz hech gap emas. Juftingizni, do‘stlarni ranjitishdan saqlaning.
O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
2 avgustda daf’atan tashqi ko‘rinishingiz, o‘zingizni tutishingiz, hatto yurish-turishingizni ham o‘zgartirgingiz kelib qoladi. Agar bularning barchasi sizga naf bersa, marhamat, o‘zgartiravering. Kunning ikkinchi yarmida bir talay xarajatlarga qo‘l urishingiz mumkin. Uydagilar bilan buguncha bahslashmang, katta janjal kelib chiqishi mumkin. Kechki payt ba’zilar bosh og‘rig‘i va oshqozon bezovtaligidan qiynalishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.
TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kuningiz juda yoqimli kechishi kutilsa-da, baribir ba’zi masalalarda sinovlardan o‘tishingizga to‘g‘ri keladi. Ulardan muvaffaqiyatli o‘ta olsangiz, omad o‘zimniki deyavering. Buning uchun atrofingizga ochiq ko‘ngil va to‘g‘riso‘zlarni to‘plashga harakat qiling. Mo‘may daromad ilinjida bo‘lsangiz, ko‘proq, qattiqroq ishlang, vassalom. Siz vujudingizga berkinib olgan dangasalikni haydab sola bilishingiz kerak. Aks holda mo‘may daromad ham, yirik xaridlar ham sizni chetlab o‘tishga majbur bo‘ladi.
QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
2 avgust kuni shunday faollik ko‘zga tashlanadiki, sizga yugurish bo‘yicha jahon chempionlari ham havas qilsa arziydi. Eng asosiysi, kechga qadar faqat oldingi safda bo‘ling. Ba’zilar rahbariyatdan maoshi oshirilishini talab qilmoqqa shaylangan. Bugun muammo hal bo‘la qolmaydi. Muhabbatda o‘ta sezgirlik va kuchli tuyg‘uga ega bo‘lsangiz, marra sizniki. Agar oila qurmagan bo‘lsangiz, shu bahonada to‘y tezlashib ketishi tayin. Yigitlar ko‘ngil izhoriga shoshilishlari, qizlar esa ha deb javob berishga shay turishlari lozim.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kayfiyatingiz ertalabdan parishonlikka qarab tortaverishidan o‘zingiz ham hayron qolasiz. Qandaydir lanjlik sizni ta’qib etayotgandek tuyulaveradi. Lekin bironta ham yorqin hodisani o‘tkazib yubormaysiz. Do‘stlarning yaxshi kunida xizmat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Muhabbatda bardoshli bo‘ling. Juftingizning injiqliklarini bardosh yordamidagina qabul qilib ola bilasiz. Oyoq og‘rig‘i haliyam bezovta qilyaptimi? Darrov vrachga uchrang.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”