Bir tanishim hikoya qiladi:
Kuz, sovuq, yomg‘ir yog‘ayotgandi.
Avtobusdaman.
Bekatga to‘xtadik.
Kimlar tushyapti, yana kimlardir chiqyapti. Yomg‘irdan kiyimlari ivib ketgan, yengilroq kiyingan, sovuqdan qaltirab turgan bir maktab o‘quvchisi avtobus old eshigiga keldida, pul yig‘adigan pattachi (konduktor)ga qarab dedi:
-Amaki 1200 pulim yo‘q edi, 500 so‘m bor, uchta bekat yurib, tushib qolsam maylimi?!
Konduktor unga jinoyatchiga qaraganday, o‘qrayib qaradi-da, jerkib tashladi:
-E puling bo‘lmasa peshkom ket ukam! Sendaqalarni pulini man cho‘ntagimdan to‘laymanmi? Nima bu ammangni avtobusimi, qani sur bo‘ttan! - deb yelkasidan “ohista” itarib bolachani tushirib yubordi.
Tiqilinch edi. Men yaqinlashib, yordam qilaman deguncha, eshiklar yopilib,avtobus yurib ketdi. Haligi bola sovuqdan junjikib, yelkalarini qisib, mung‘aygan holda avtobusga qarab qoldi...
Bilasizmi? Uning dunyo haqidagi tasavvurlari menimcha o‘sha paytda ancha o‘zgardi. Achinarlisi, O‘zbekiston fuqarosi, maktab o‘quvchisi yoki oddiy bir bola deb hisoblaylik, uning qadri 700 so‘m ham chiqmadi! U bechora endi hamma narsa pulga bog‘liq ekan degan qarash bilan yashasa kerak... E nomard, yelkangga ko‘tarib ketarmiding? Nega olib ketmading?! Agar u ukang bo‘lganda olib ketarding-ku!!!
Qur’oni Karimda bir oyat bor, menimcha ko‘pchilik uni unutgan yoki hozir birinchi marta o‘qiydi:
“Albatta mo‘minlar aka-ukadirlar!” ("Hujurot" surasi, 10-oyat)
Lekin bizni yoshlikdan befarq va loqayd qilib tarbiyalashgan:
1. Masalan, yo‘lda ikki kishi urushayotgan bo‘lsa, qo‘y menga tinchlik kerak, nima qilaman aralashib, melisa kelsa o‘zi ajratib olar deb bee’tibor o‘tib ketamiz.
2. Yerda og‘zi burni qon odamni ko‘rsak, yordam berish o‘rniga qochamiz.
3. Skameykada ikkitasi quchoqlashib, o‘pishib turgan bo‘lsa borib gapirishga “hayo” qilamiz.
Nega?! Chunki ular begonada! Hozir bir lahzaga to‘xtab, shu uchta holatga yaqin qarindoshlaringizni qo‘yib bir tasavvur qilib ko‘ring...
1. Ikki yaqin do‘stingiz mushtlashyapti.
2. Amakingiz yerda yiqilib yotibdi.
3. Singlingiz...
Ishonamanki, ikki do‘stingizni ajratishga, amakingizni turg‘azib ust boshini qoqib, shifoxonaga olib borishga, singlingizga qo‘l tekkizgan anovi machoni surobini to‘g‘rilashga shoshilardingiz!
Do‘stlarim!
Biz O‘zbeklar, agar ko‘p millatmizku desangiz, unda biz O‘zbekistonliklar, hamiyatli, or-nomusli Xalqlarmiz! Begona bo‘lsa ham bizning vatanda yashayaptimi rangi, tili, dini va millatidan qat’iy nazar 33 million aholi bizning aka-ukalarimiz, opa-singillarimizdir! E’tiborli bo‘laylik. Bir-birini qadrini biladigan, barchani sevadigan bo‘laylik! Atrofdagilarni begona demang. Biz bir oilamiz!
Yodimizda bo‘lsin:
Jamiyat uchun eng xavfli odam aslida soqol qo‘ygan odammas, adolatsizlikni ko‘rib-bilib qo‘lidan kelsa-da, indamay mum tishlaydigan loqayd odamlardir.
Chunki ular yov bostirib kelsa ham, o‘likday turarlar jim...
Muhammadali EShONQULOV
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”