Hokimiyatni yaxshi boshqarishning 12 ta tamoyili Yevropa Kengashi tomonidan 2007 yilda tasdiqlangan. Ushbu tamoyillar fuqarolik jamiyatini boshqarishning barcha demokratik qadriyatlarini qamrab oladi. Yevropa Ittifoqi ekspertlarining fikricha, bu tamoyillarni joriy etish fuqarolarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va boshqaruv sifatini oshishiga olib keladi.
1. Fuqarolarning saylovlarda bevosita va bilvosita faol ishtiroki hamda barchaga adolatli va teng sharoitlar yaratib berish;
2. Mas’uliyatli bo‘lish: davlat tomonidan fuqarolarning talab va shikoyatlariga o‘rtacha vaqtda, asosli ravishda javob beriladi;
3. Samaradorlik va ta’sirchanlik: mavjud resurslarning eng maqbul variantlaridan foydalanish;
4. Oshkoralik va shaffoflik: aniq sabablar bilan tasniflanmagan ma’lumotlardan tashqari, barcha ma’lumotlar jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishi, mahalliy doirada chiqarilayotgan qarorlar qonunlarga mos bo‘lishi;
5. Qonun ustuvorligi: mahalliy va yuqori darajadagi barcha amaldorlar sud qarorlari va qonunlarga bo‘ysunadi, qonunlar esa oshkoralik va belgilangan tartiblar asosida qabul qilinadi;
6. Xatti-harakatlarning axloqqa mosligi, jamiyat farovonligi shaxsiy manfaatlardan ustun turadi, korrupsiyaning barcha turlariga qarshi kurashiladi;
7. Boshqaruv sohasi xodimlarining doimiy ravishda bilim va mahoratlarini oshirib borish;
8. Innovatsiyalar va o‘zgarishlarga ochiq bo‘lish: jamiyat uchun yangi texnologiyalar va g‘oyalarni qabul qila olish;
9. Barqarorlik va uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalar: rivojlanish strategiyasini mamlakatning uzoq kelajagini o‘ylagan holda ishlab chiqish;
10. Mustahkam moliyaviy boshqaruv;
11. Kuchli himoyalangan inson huquqlari, aholi qatlamining madaniy jihatdan xilma-xilligi, ijtimoiy jihatdan esa birligi;
12.Javobgarlik: barcha toifadagi mansabdorlar o‘zlari chiqargan qaror uchun shaxsan va jamoaviy (prezident, vazir, hokim hamda Parlament kabilar) tarzda javob beradilar.
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”