18:30 / 13.08.2018
4 494

«Men demang, biz deng»

«Men demang, biz deng»
Ilm yo‘lida ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan kishilarning ba’zilarida, bir ilmiy «men»lik paydo bo‘ladi. U odam o‘zi qanchalik kamtarin bo‘lmasin, mana shu jihatdan manman bo‘ladi. Bu «men»ligini osonlikcha tark etolmaydi. Qalbi, aqli naqadar harakat qilsa ham, nafsi bu ilmiy menligi jihatida imtiyoz istaydi, o‘zini sotishlikni xohlaydi. Hatto, boshqa olimlar tarafidan yozilgan haqiqat kitoblariga nisbatan qarshi chiqishni xohlaydi. Qalbi u kitobdagi haqiqatlarni sevgani, aqli olqishlab yuksak ko‘rgani holda, nafsi esa, haligi ilmdan kelgan menligi tufayli, yashirin bir adovat his qiladi. Hatto, o‘sha kitobning qiymati tushishligini orzu qiladi. O‘z fikriy mahsulotlari ham o‘shanday qadrga ega bo‘lishini va ulardek «sotilishi»ni xohlaydi.

Ey din xizmatiga bel bog‘lagan fidokorlar!

Hushyor bo‘ling! Insondagi eng zaif va tahlikali tomir – Menlikdir!

Dushmanlar mana shu tomiringizni erkalatib, ko‘p yomon ishlarni qildira oladilar! Manmanlik tomonidan to‘rga ilinib qolmang!

Bilingizki, bu asrda ahli zalolat «Menlik»ka minib, zalolat vodiylarida yugurmoqdalar. Haqiqat ahli esa, «Menlik»ni tark etish bilangina, o‘z muqaddas xizmatlarida muvaffaq bo‘la oladilar. Garchi «Menlik»ni iste’mol qilishlikda haqli bo‘lsalar ham, bu hol narigilarga o‘xshashlik, va ularni o‘zlaridek nafsparast deya o‘ylashlari mumkin bo‘lganidan, bu ish Haqning xizmatiga qarshi bir haqsizlik hisoblanadi.

Shuni unutmangki, biz atrofida to‘planganimiz bu Qur’on xizmati, «Ana»ni qabul qilmaydi. «Nahnu»ni xohlaydi. «Men demang, Biz deng», deydi.
«Shayton hiylalari» kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » «Men demang, biz deng»