23:20 / 12.08.2018
6 067

Risoladagi erning 19 qoidasi

Risoladagi erning 19 qoidasi
Quyidagi qoidalarga rioya etgan erkak jufti halolini baxtiyor qiladi, oilasiga totuvlik, baxt-saodat olib keladi:

1. Ayolingizga mehribon bo‘ling. Zero, mehr-muhabbatning ahamiyati beqiyos.

2. Munosabatlar sofligiga e’tibor bering. Har kuni muhabbatga to‘la so‘zlarni aytishni kanda qilmang. Bu izhor ayollar uchun juda muhim.

3. Ayolingizga pashshaga qilinadigan munosabatda bo‘lmang. Pashsha bizni “chaqib olmagunicha” u haqida o‘ylamaymiz... Ayol kun bo‘yi tinmaydi. U erini “chaqib oladigan” bir ish qilmagunicha er ham unga e’tibor bermaydi. Unga bunday munosabatda bo‘lmang. Ayolingiz qilgan har bir yaxshilikning farqiga boring, e’tibor berib turing.

4. Baxtli nikoh asosi sadoqat, do‘stlik, bir-birini tushunishdir.

5. Ayolingizni ko‘rganda doim tabassum qiling, uni quchog‘ingizga oling. Tabassum sadaqadir. Ayolingiz bunga munosib.

6. Erkak kishiga “taloq” so‘zini aytish huquqi berilgan. Ammo buni esdan chiqargan yaxshi. Vaziyat ajrashishgacha borib yetganda, ilojsiz qolgandagina, taloq qilish mumkin.

7. Ayolingiz uchun kiyining, har doim toza holda bo‘ling, o‘zingizga xushbo‘y narsalardan seping. Er ayolini doim chiroyli ko‘rinishini xohlaganidek, ayol ham erining kiyinishini istaydi.

8. Oilangiz uchun vaqt ajratish birinchi galdagi vazifangiz bo‘lsin. Chunki zavjangiz, bolalaringiz siz bilan ko‘proq birga bo‘lishni istashadi.

9. Muammolarni imkon qadar bosiqlik bilan hal qiling. Ayb ayolingizda bo‘lgan taqdirdayam, “Hammasiga sen aybdorsan”, deb aytmang, kechirimli bo‘ling.

10. Rafiqangizni zaifa ekaniga ko‘pam urg‘u bermang. Barcha munosabatlarda unga ishonch bilan qarang.

11. Doim e’tiborli bo‘ling. Yangi ko‘ylagi, pishirgan taomlarini maqtashni unutmang. Ayolingiz taom tayyorlaydi, uy tozalaydi, boshqa yumushlarni bajaradi. Ba’zan uning qilgan hamma ishlari uchun eshitadigan rahmati: “Ovqatning tuzi past!” degan so‘z bo‘ladi...

12. Uy yumushlariga ko‘maklashing. Ayolingiz ta’bi xira bo‘lib turganda uy ishlariga ko‘milib qolishiga yo‘l qo‘ymang.

13. Biron sabab bo‘lmasayam sovg‘a-salomlar ulashib turing. Sovg‘aning bahosidan ko‘ra e’tibor ayol uchun muhim.

14. Uning xohishlarini kichik sanamang, ayolingizni ta’minlab qo‘ying. Gohida erkaklar ayollari talablariga past nazar bilan qaraydilar. Bunday qilish noto‘g‘ri.

15. Ba’zida xotiningiz qarindoshlarining ayrim ishlari sizga yoqmaydi. Shunday paytda buning uchun xotiningizni ayblamang. Aks holda munosabatlar darz ketadi.

16. Do‘stlaringiz, hamkasblaringiz bilan aloqalarga chuqur kirishib, oilangizni unutib qo‘ymang. Siz oilada shunday muhit yaratingki, uyga qaytishingizni ayolingiz ham, farzandlaringiz ham intiqib kutishsin.

17. Uyda gapirish ohangiga e’tibor bering. Buyruq berish, haqorat qilish, so‘kinish umumiy iqlimni buzadi, farzandlaringizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

18. Ota-onangiz oldidagi majburiyatlaringiz juda ko‘p. Ularni bajaring, biroq rafiqangiz huquqlarini ham unutib qo‘ymang.

19. Uyda sunnat amallarni bajaring. Zero, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamdan meros sunnat amallar erkak kishining kasb-koriga baraka, xonadoniga baxt-saodat olib keladi.
Niginabonu AHMEDOVA

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Risoladagi erning 19 qoidasi