Bugun har ikkimiz butunlay boshqa-boshqa qirg‘oqlardamiz. Endi Sizning ham, mening ham o‘z hayotimiz bor. Lekin qalblarimizda qolgan o‘sha shirin lahzalardagi xotiralar ikkalamizni ham birdek ta’qib etishini o‘ylab ham ko‘rmagan ekanmiz.
…Men Sizni hamisha o‘ylayman. Bir dam bo‘lsin xayolimdan chiqarib yuborolmayman. Chunki hayotimning eng go‘zal onlari Siz bilan kechgan. Hijron azobini tortayotgan damlarda o‘zimga-o‘zim savol beraman: “Nima uchun baxtimni, muhabbatimni himoya qilmadim? Sevgim uchun nega kurashmadim?“ Bilmadim… qalbimizga mehmon bo‘lib kirib kelgan ishq o‘tini o‘tkinchi bir holatga yo‘ydikmi?
Yo‘q, azizim! Unday emas, biz… biz sevgimizni asrash uchun ham jimgina turaverdik. O‘zgalar bizning taqdirimizni hal etayotgan bir paytda sukut saqladik. Chunki Siz va men andisha otlig‘ tuyg‘uni hamma narsadan ustun qo‘ydik. Yuragimizdagi muhabbatimiz yuraklarimizda qolib ketaverdi…
Nachora! Hayotda faqat oldinga qadam bosish bor ekan, ortga esa yo‘l yo‘q. Shuning uchun ham sevgimiz armonga aylandi.
Ba’zida yolg‘izlikdan qochish ilinjida tashqariga, odamlar orasiga otilib chiqaman va… Sizni ular orasidan izlayman. Hech bo‘lmaganda Sizning timsolingizda o‘zgalarni ko‘rarman, deya… Afsuski, topa olmayman, balki Sizga o‘xshash chehrani topolmasam ham kerak. Boisi, Siz men uchun yagonasiz.
Taqdir taqozo etib, agar qoshimga kelganingizda ham Siz bilan endi yuzma-yuz turib so‘zlasholmasligimni bilaman, lekin qandaydir his meni mudom Siz tomon undaydi.
Muhabbatimiz pok edi va pokligicha yuraklarimizda gavhardek abadiy saqlanib qolaveradi, deb umid qilaman…
Mahfuza ShAROBIDDINOVA
Manba: Mulohaza.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”