18:53 / 14.08.2018
4 809

So‘ragan narsalaringizni hammasiga erishishni istaysizmi?

Сўраган нарсаларингизни ҳаммасига эришишни истайсизми?
MEN SO‘RADIM


Men dushmandan uzoqlashishni so‘radim, dushmanni uzoqlashtirib bo‘lmas ekan, uni do‘stga aylantirish mumkin ekan.

Men sabr so‘radim, qanoat orqali sabrga yetishdim. Sabrni olib bo‘lmaydi, sabrga yetishish kerak ekan.

Meni kibrimni olib tashlashini so‘radim, kibrni olib tashlab bo‘lmas ekan, kibrdan voz kechilar ekan.

Men baxt so‘radim, baxtni berishmas ekan, unga qadam qo‘yilar ekan.

Men og‘riqlarning yo‘qolishini so‘radim, og‘riqli joydan maqsad tomonga ketish orqali uni yo‘qotish mumkin ekan.

Men kuch so‘radim, menga sinov keldi — meni toblash uchun.

Men donolik so‘radim menga muammo keldi — uni yechib aql orttirish uchun.

Men qo‘rqmaslik so‘radim, menga xavfli vaziyat keldi — qo‘rqmas qilish uchun.

Men boylik so‘radim — menga imkoniyat keldi.

Men turmush o‘rtoq so‘radim, begona berdi — men turmush qurib, do‘stlashishim uchun.

Men yorug‘lik so‘radim, menga nikoh nuri keldi — mening hayotim yorug‘ bo‘lishi uchun.

Men bola so‘radim, menga balo bo‘lish xavfi keldi — tarbiyalab farzandga aylantirishim uchun.

Men oila so‘radim, menga yaqin insonlar keldi – ular bilan uzoqlashmasligim uchun.

Men so‘raganimni olmadim, ammo menga kerak narsalarni oldim…
Psixolog Zebiniso Ahmedova

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » So‘ragan narsalaringizni hammasiga erishishni istaysizmi?