22:44 / 25.08.2018
5 576

Magnit

Magnit
Magnit nega kuchli? Chunki uning har zarrasi oʻz magnit maydoniga ega.

Kuchli jamiyat uchun ham har bir inson oʻz kuchiga, taʼsiriga ega boʻlishi kerak.

Magnit qutblari nega hamma yerda bir xil tomonlarni koʻrsatadi? Chunki uning har bir zarrasi yagona qonuniyatga boʻysunadi.

Adolatli jamiyat boʻlishi uchun ham uning har bir aʼzosi oʻzi va boshqalar uchun adolat qilmogʻi lozim.

Magnit nega shu qadar temirga intiladi? Chunki bu uning har bir zarrasining intilishi mushtarakligidan.

Taraqqiyotga intilayotgan jamiyat unga erishishi uchun undagi har bir odamning istagi taraqqiyot boʻlmogʻi kerak.

Bir-biriga ishonib qolgan, yechimni bir-biridan kutgan jamiyat esa kesak kabi. Kesakning esa taqdiri barchaga ayon...

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Magnit