Koʻpchilik munajjimlar bashoratiga qiziqadi. Baʼzan toʻydan avval kelin-kuyovning tugʻilgan sanasi munajjimlar jadvali boʻyicha bir-biriga mos keladimi-yoʻqmi, shunisini ham nazardan qochirmaydiganlar bor. Siz uchun-chi, qiziqmi? Unda quyidagi jadvalni eʼtiboringizga havola qilamiz. Marhamat, oʻzingiz va juftingiz ismining bosh harfini topib, kerakli raqamni aniqlang. Bu raqam bir-biringizga nechogʻli mos ekaningizni soʻzlaydi.
1. Feʼl-atvor jihatidan bir-biringizga juda ham mossiz. Sizdan yo oʻta totuv yoki haddan ziyod joʻshqin, ehtirosli juftlik chiqadi.
2. Odatdagidek juftlik. Sizlarda biror oʻziga xoslik bor, deb boʻlmaydi. Ammo yaxshi yashaysiz.
3. Ideal oila! Bir-biringizni nihoyatda yaxshi tushunasiz va doim kerakli paytda kerakli soʻzni topa olasiz.
4. Agar bir-biringizni tinglay bilsangiz, mayda-chuyda gap-soʻzlar ayriliqqa sabab
boʻlolmaydi.
5. Uzukka koʻz qoʻygandek, deb aynan sizdeklarni aytishadi! Oilangizga barchaning havasi keladi! Koʻz tegmasi-in!
6. Mustahkam oila qura olasiz va munosabatlaringiz uzoq hamda mazmunli davom etadi.
7. Oson kechmasligi mumkin, ammo mashaqqatlardan choʻchimang, hech qachon qulamaydigan baxt qasrini, albatta, qurasiz!
8. Hech kimga quloq solmang, bir-biringizni seving, seviling, shuning oʻzi kifoya.
9. Intellekt, yaʼni aql jihatidan bir-biringizga munosibsiz. Har doim yoqimli va qiziqarli suhbat uchun mavzuingiz bor.
10. Namunali juftlik! Siz bir oilasiz!
11. Maʼnan va ruhan juda mossiz!
12. Birgalikda har qanday mashaqqatni yenga olasiz, shuning uchun ham hech qachon yengilmang!
13. Qalban yaqin insoningizni topgansiz, tabriklarimizni qabul eting!
14. Baxtingizni qadrlang va asrang, bu juftlikka hasad qiluvchilar topiladi.
15. Koʻpchilik sizlarni bir-biringizga nomunosib deb biladi, ammo ikkingiz buning aksini isbot etishingiz mumkin.
16. Ijodiy jihatdan xoʻp topishgansiz-da! Birgalikda aql bovar qilmas yutuqlarga erishishingiz mumkin.
17. Yaxshi doʻst va ajoyib juftlik.
18. Oilangiz qoʻrgʻoni mustahkam!
19. Janjalsiz iloj yoʻq. Axir, ikkingiz ham qiziqqonsiz.
20. Agar nimadir koʻngildagidek boʻlmasa, tushkunlikka tushmang. Hammasi oʻz qoʻlingizda, er-xotin munosabatlari ham xuddi ish, oʻqishdek gap. Mehnat qilmasangiz muvaffaqiyatga erishmaysiz.
21. Biroz zerikarli juftlik boʻlib tuyilishingiz bor gap, ammo asl haqiqat ikkingizga ayon. Bir-biringizdan zerikishingiz mumkin emas!
22. Yaxshi juftlik. Bundan ortiq taʼrifga hojat yoʻq.
23. Sizning bir-biringizga muhabbatingizni yulduzlar ham tasdiqlamoqda.
24. Uy-roʻzgʻor borasida qarashlaringiz bir xil. Bu oilaviy hayotda muhim ekanini bilasiz-a?!
25. Yomon juftlik emas. Faqat birgalikda biroz mashaqqatli yoʻlni bosib oʻtishga toʻgʻri keladi.
26. Goʻzal va quvnoq! Ikkingiz birgalikda xuddi shundaysiz.
27. Eng namunali oilani qura olasiz!
28. Muhabbatingiz uchun kurashing va aslo yengilmang!
29. Hamkorlikda koʻp yaxshi ishlar qilishingiz va bundan faxrlanib yurishingiz mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Virus UFC ni dunyoga tanitdi
Rossiya Ukrainaning qator mintaqalariga raketalar bilan hujum qildi
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
"Paxtakor"ning o‘yini mutaxassis nigohida: "Menimcha, g‘alaba uchun emas, bir ochkoni saqlab qolish uchun o‘ynadi"
Shavkat Mirziyoyev: «Barcha ijro organlarini Yangi Toshkentga ko‘chiramiz»
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Asir: Ukraina askarlari otishni internetdagi videolar yordamida o‘rganishadi