QOʻY (21. 03 — 20. 04)
Ish paytida toʻsiq vazifasini oʻtovchi muammolarning barchasini aylanib oʻtishga harakat qiling. Muloqotda sizga qiyinchilik tugʻdiradigan, gapingiz qovushmaydiganlar bilan ham bugun munosabat yuritmaganingiz maʼqul. Moliyaviy muammolar bir qolipda turgan holda harakat sodir etishingizni xohlashyapti. Demak, manfaat koʻrish uchun qolipga ham tushasiz-da. Salomatlikni ehtiyot qiling.
BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
6 sentyabr kuni ish joyingizda shunday ajoyib gʻoyalarni namoyish etasizki, hamkasblaringiz sizdan ularni tortib olish payiga tushadi. Ammo siz ham anoyi emassiz. Oʻz noningizni birovga berib qoʻymaysiz. Tadbirkorlar hamkorlar bilan birgalikda ajoyib va maroqli musobaqa uyushtiradi. Bu musobaqada yutgan taraf albatta oʻz hisobidan yangi loyihani moliyalashtirishi kerak boʻladi. Kechqurun ajoyib yangilik eshitishingiz mumkin. Agar uni oʻtkazib yubormasangiz, moddiy manfaat koʻrishingiz ham mumkin.
EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar ertalaboq vujudingizda kuchli toʻfon turishi mumkinligini bashorat qilishgan. Bu toʻfon atrofdagilarga ham ziyon yetkazib qoʻyishi mumkin. Ishda ham boʻlar-boʻlmasga xavotirga tushavermang, boshi berk koʻchaga kirib qolishingiz mumkin. Moliyaviy toʻkinlikka erishish uchun koʻp oʻylamang, aksincha koʻp ishlang. Mabodo katta pul tikadigan va kelgusida moʻmay daromad beradigan loyiha duch kelsa, qoʻldan chiqarmang.
QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
6 sentyabrda muhabbatda yoqimsiz lahzalarga yoʻliqishingiz ehtimoli bor. Bu qalbingizda boʻlgʻusi juftingizga nisbatan shubha uygʻongani tufayli sodir boʻlsa kerak. Xotirjam tortishga harakat qiling. Moliyaviy masalada sizning oʻrningizga yaqin insonlaringiz muammolarni ijobiy hal etib berishadi. Kechqurun sportning har qanday turi bilan shugʻullanish faqat foyda keltiradi.
ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Yulduzlar kuningiz omadli kechishini bashorat qilishgan. Hamma yaxshiliklar sizning qoʻlingizga kelib qoʻnishi, sizdan farmon kutishi mumkin. Bugun qoʻshimcha daromad keltiruvchi ish topishingiz, hamkasblaringiz qarshisida hurmat-izzatingiz ortishi kutiladi. Ayniqsa, muhabbatda barcha muvaffaqiyatlar sizniki boʻladi. Oilasizlar romantik uchrashuvni boshdan kechirishlari ham ehtimoldan xoli emas.
PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
6 sentyabrda parizod burji ostida tavallud topganlar his-tuygʻu asiriga aylanishlari kutiladi. Bu professional kasbingiz bilan bogʻliq ishlarni ado etishda jiddiy xalal berishi mumkin. Shaxsiy hayotingizda ham chalkashliklar yuzaga kelishi kutiladi. Sizdan tafakkurga suyangan holda xatolarni tuzatish talab etiladi. Shaxsiy biznesingiz boʻlsa, bugun optimistik ruhga kirib olgan holda ish olib boring.
TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kuningiz xuddi ertaklardagidek boshlanadi. Ishlaringiz baroridan kela boshlaydi. Siz goʻyo podshoh obraziga kirasiz-u, atrofni nazorat qila boshlaysiz. Moddiy ahvolingiz ham avtomat tarzda yaxshilanadi. Ishonasizmi, pulning oʻzi sizni qidirib keladi. Kunning ikkinchi yarmida qarindoshlarni bilib-bilmay ranjitib qoʻyishdan saqlaning. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozoningizda muammo tugʻilgan boʻlsa, gazli mineral suvni koʻproq va tez-tez ichishga odatlaning. Gazli suv gastritda, ayniqsa, katta yordam beradi.
CHAYON (24. 10 — 22. 11)
6 sentyabrni iliq taassurotlar olish bilan boshlaysiz. Taassurotlar turlicha boʻlishi mumkin. Tabiat, odamlar, jonivorlar va hokazo…
Ishxonadagi yumushlarni tartibga solib qoʻying. Agar bajarilmay qolib ketgan ishlar boʻlsa, birinchi navbatda ularni adogʻiga yetkazishingiz tavsiya etiladi. Bugun tanani chiniqtirishga yoʻnaltirilgan mashqlar bajarish, toza havoda koʻproq yurish, velosipedda sayr qilish muvaffaqiyatli kechadi.
OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yulduzlar sizga ishlaringiz juda qatʼiy reja asosida boʻlishini vaʼda berishadi. Siz bu ishdan to oxiriga yetkazmaguncha bosh koʻtara olmaysiz. Hamma joyda boʻlganidek, sizning ishxonangizda ham koʻnglida koʻmiri borlar keragicha topiladi. Bugun undaylardan nari yuring. Har lahzada jangovarlikni qoʻldan bermang. Mayli, hasad kishilari jahl qilsin, sochini yulsin. Siz bundan faqat foyda olasiz. Oʻzingizni ehtiyot qiling.
TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
6 sentyabr kuni ertalabdayoq eng yaqin va sadoqatli doʻstingizni qidirib toping va kun boʻyi sizga ishda yordam koʻrsatishini soʻrang. Siz esa vaziyatni, ish jarayonini nazoratga oling. Ikkingiz amalga oshirgan ish barakali boʻlibgina qolmay, bir olam zavq ham hadya etadi. Salomatligingizni qattiq nazorat qiling. Varikozdan bezovta boʻlayotganlar albatta mutaxassis koʻrigiga borishi kerak.
QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
6 sentyabr kuni shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, sukut saqlashga oʻzingizga kuch topa olmaysiz. Dunyoni ostin-ustun qilib tashlagingiz kelaveradi. Biroq bu dunyo sizgacha ham ostin-ustun boʻlaverib charchagan. Siz yaxshisi oʻzingizni idora etgan holda ish koʻring. Atrofingizdagilarga oʻzgacha hurmat-izzat koʻrsating. Baʼzilar kunning ikkinchi yarmida xizmat safariga otlanishlari kutiladi. Agar bu mavqeni oshirish uchun xizmat qilsa, ehtiyotkor boʻling.
BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Bugun ishxonangizdagi jami muvaffaqiyat faqat sizni deyish pallasida turibdi. Rahbariyat sizga yangi vazifa yuklashi mumkin. Bu shunchaki vazifa emas, balki yuqori lavozim boʻlishi haqiqatga yaqinroq. Basharti shunday boʻlib chiqsa, hatto yoʻliga ham bosh tortmang. Keyin bir umr afsusda qolasiz. Muhabbatda baliq burjida tugʻilganlar muammolarga duch kelishmaydi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi