
Oʻn narsani qilmagil-ki, oʻn narsani eshitasan:
1. Senga daxli yoʻq narsaga aralashma! Oʻzing uchun noxush soʻzlar eshitasan.
2. Jahl ustida soʻzlamagil, gʻazabingni ziyoda qiluvchi narsani eshitasan.
3. Magʻrur kimsani koʻkka koʻtarib maqtama, u seni battar tahqirlaganini eshitasan.
4. Sen uchun jon kuydirmaydigan kimsaga aslo shikoyat qilma, aks holda, dardingni ziyoda qiluvchi soʻzlarni eshitasan.
5. Johilga gʻazabingni bildirma, battarroq jahlingni chiqaradigan narsani eshitasan.
6. Seni hur koʻradigan kimsaga nasihat qilma, yoʻqsa seni mensimasligini bildiradigan soʻzlarni eshitasan.
7. Oʻz tushunchasiga aldangan maftunga vaʼz qilma, sening fikringni tahqirlovchi narsani eshitasan.
8. Ikki janjallashganlarga ularning jahlini chiqazuvchi soʻzlarni soʻzlama, aks holda, seni ularning uchinchisiga aylantiruvchi soʻzni eshitasan.
9. Xotining jahl otiga minib turganda, unga qilgan yaxshiliklaringni eslatma, aks holda, yaxshiliklaringni barchasini inkor qiluvchi soʻzni eshitasan.
10. Johil, oqpadar oʻgʻlingga otaligingni peshlab gapirmagin, aks holda undan “Shoyad buni dunyoga keltirmasam” orzusini qildiruvchi soʻzni eshitasan.
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar