Seld baligʻidan keyin sut ichish mumkin emasligi, turli mahsulotlardagi vitaminlar bir-biri bilan “kelisha olmasligi” va goʻsht bilan birga ayrim mahsulotlarni isteʼmol qilib boʻlmasligi toʻgʻrisida.
Aytishlaricha, baʼzi mahsulotlarni birgalikda yeyish mumkin emas. Shoʻr bodring ortidan ichilgan sut hazm qilinmaydi, desertga meva isteʼmol qilish zarar degan tushuncha mavjud. Bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlar roʻyxati ortib, oʻsib bormoqda. Bu borada mutaxassisning fikri bilan tanishing.
Anna Yurkevich
Gastroenterolog. Toʻgʻri ovqatlanish va hazm qilish tizimining salomatligi toʻgʻrisidagi blog muallifi
Oldimizda nisbatan sogʻlom odam degan shart bilan aytish mumkinki, uning oshqozon-ichak tizimi har qanday mahsulotlari birlashmasini hazm qila olishi kerak.
Istisno – u yoki bu mahsulotni hazm qila olmaslik. Agar odam organizmida sutni hazm qilish fermentlari yetishmasa, bunday mahsulotni isteʼmol qilgach, navbatdan tashqari hojatxonaga borish ehtimoli ortadi. Bu vaziyatda u seld baligʻini yegani-yemagani muhim emas.
Yana boshqa misol: ayrim kishilarning ichaklari bir vaqtning oʻzida katta miqdordagi fruktoza (koʻplab meva va sabzavotlar tarkibida boʻladi)ni oʻzlashtirolmaydi. Uning koʻp miqdorda boʻlishi ichak bakteriyalaridan foydalanilishiga olib keladi, natijada odam qorni dam boʻlganini his qiladi.
Boshqa tomondan, agar ovqatdan maksimum darajada foyda olishni istasak, baʼzi mahsulotlarni birga isteʼmol qilmagan maʼqul.
Goʻshtni toʻgʻri isteʼmol qilish
Foto: Pixabay
Temir yetishmovchiligi muammosi koʻpchilik uchun dolzarb. Bu organizmda temir yetishmaydi, biroq anemiya (gemoglobinning past darajasi) hali kuzatilmaydi, biroq klinik belgilari mavjud: boʻshashish, bosh aylanishi, sochlar toʻkilishi, “xotirjam boʻlmagan oyoqlar sindromi”.
Shuning uchun bu mahsulotdagi temir moddasini maksimal darajada oʻzlashtirilishini istasak, taomni yeyish vaqtida bir paytning oʻzida temirga boy goʻsht va kalsiyni aralashtirib boʻlmasligini inobatga olishimiz kerak. Biroq likopchada S vitaminiga boy mahsulotlar, masalan, karam boʻlgani maʼqul. Achchiq choy va qahva ham temir moddasining organizmga singishiga toʻsqinlik qiladi.
Boʻtqalarni toʻgʻri isteʼmol qilish
Foto: Pixabay
Agar organizm taomdan muayyan mikroelementlar (sink yoki temir)ni olishini istasak, doni yanchilmagan boʻtqalar yeyish tavsiya etilmaydi. Chunki ular foydali moddalar soʻrilishini sekinlashtiradigan fitatlarga boy.
Mahsulotlardagi fitin kislotasini kamaytirish uchun ularni boʻktirish (fermentlashtirish) lozim. Bu dukkakli, yongʻoq va yormalarga tegishli. 10-12 soat davomida iliq suvda fermentlash davomida antifermentlar va fitin kislotasi neytrallashadi. Natijada tarkibidagi vitamin va minerallar organizmga singadigan mahsulotga ega boʻlamiz.
Sabzavot va mevalarni toʻgʻri isteʼmol qilish
Foto: Pixabay
Sabzavot va mevalarda boʻlgan vitaminlar bir-biri va ovqatdagi ayrim moddalar bilan “chiqisha olmаydi” degan maʼlumotlar ham bor. Shuning uchun baʼzi vitaminlarni birga isteʼmol qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki ular bir-biriga hazm boʻlish jarayonida xalaqit beradi.
Bu faktni isbotlaydigan tadqiqotlar “probirkada” oʻtkazilgan. Aslida bu organizmda qanday sodir boʻlishi, bunga qanday taʼsir oʻtkazishimiz mumkinligi hozircha tushunarsiz.
Biroq haqiqatan ham qoʻlimizdan keladigan narsa bu – mahsulotlardan maksimum foyda olish. Buning uchun:
Sabzavot va mevalarni yangi holida isteʼmol qilish. Qancha tez boʻlsa, shuncha yaxshi. Uzoq vaqt davomida saqlash foydali moddalarni kamaytiradi. Biroq butunlay yoʻq qilmaydi.
Meva va sabzavotlarga kamroq ishlov berish. Termik ishlov berish ham koʻp vitaminlarni kamaytiradi. Shuning uchun brokkolini bir soat davomida gaz duxovkasida qoldirish yaramaydi, yaxshisi bugʻda tayyorlagan maʼqul. Aytgancha, agar taom tayyorlashning qaynash turini tanlagan boʻlsangiz, bilingki, vitaminlarning bir qismi shoʻrvaga chiqib ketadi.
Sabzavotlarni isteʼmol qilishdan biroz avval tayyorlash. Mexanik taʼsir ham vitaminlarga taʼsir qiladi: toʻgʻralgan salat qancha uzoq saqlansa, undagi vitaminlar ham kamroq boʻladi. Eslatib oʻtamiz, salatlarni uzoq vaqt davomida saqlash, ovqatdan zaharlanish nuqtai-nazaridan ham xavfsiz emas. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi