Tashqi qiyofaga qarab nimalarni aytish mumkin? “Juda koʻp narsani!” — deya javob beradi bu savolga fiziognomistlar. Soha mutaxassiclari nazarida yuz — ochiq kitob. Faqat uni oʻqish kerak.
Tashqi qiyofaga qarab nafaqat kishining sogʻligʻi, balki feʼl-atvori, omadi, muvaffaqiyatga erishish yoʻli va ruhiy holatini ham oʻqish mumkinligini mutaxassislar allaqachon isbotlagan. Bosh shakli, peshona hajmi, ajinlar, qosh-koʻz, burun tuzilishi, lablar — bularning barchasi biz haqimizda oʻzimiz bilgan-bilmagan narsalarni aytadi.
Choʻzinchoq bosh, keng iyak yaxshi rivojlangan intellekt, sezgirlik va xarakterning ogʻir-vazminligini, mulohazakorlikni bildiradi. Bunday odam oʻz oldiga aniq bir maqsad qoʻyib, harakat qilishi bilan ajralib turadi. Shu xususiyati sabab tashkilotchilik qobiliyati ham yaqqol koʻzga tashlanadi.
Uchburchaksimon bosh sohibi keng peshonali boʻladi. Unda bir soha yoʻnalishi boʻyicha iqtidorni payqash qiyin emas. Sogʻlom va tiniq fikrli boʻlgani bois, intuitsiyalardan koʻra aqlga koʻproq suyanadi. Atrofdagilar bilan til topishishga qiynalsa-da, muammolarni hal qilishga kelganda uning oldiga tushadigani yoʻq. Lekin bunday odam bilan sirdosh boʻlish yaramaydi. Chunki sirni birovga oson oshkor qilib qoʻyadi.
Trapetsiyasimon bosh hissiyotlarga tez beriluvchan, ammo aqliy salohiyati yuqori, rol oʻynashga moyillikdan darak. Amaliy masalalarni yechish unga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Har doim biror natijaga erishishga harakat qiladi va jamiyatda hamisha oʻz oʻrniga ega boʻladi. Hayotdan mamnun yashab, atrofdagilar uchun ham yaxshi atmosfera hosil qila oladi. Bosh suyagi trapetsiya shaklida boʻlgan odamda optimistik kayfiyat yetakchidir.
Toʻrtburchaksimon bosh suyagi erkaklarga xos qatʼiylik va biroz qattiqqoʻllikdan dalolat. Bunday odam, odatda, yaxshigina qaysar va matonatli boʻladi. Shu xususiyati tufayli koʻp hollarda koʻzlagan maqsadiga erishadi. Baʼzan qaysarlik qoʻpollik bilan ham almashib turadi. Uning eng katta oʻziga xosligi va yutugʻi — keskinligi va dadilligida.
Dumaloq bosh sohibi koʻngli ochiq, yumshoq tabiatli, sulhparvarligi bilan ajralib turadi. Boshqalarga yordam berishga tayyorlik, manfaatni koʻzlamay yaxshilik qilish, jasorat — unga xos. Koʻpincha bunday odamlar ovqat shinavandasi boʻladi. Maishiy qulaylik, yaxshi davralarda boʻlish uning uchun muhim. Qoʻlidan koʻp narsa kelsa-da, mashhurlik va shon-shuhrat ketidan quvmaydi.
Endi bosh suyagining ayrim oʻziga xosliklari haqida ham toʻxtalib oʻtsak.
Agar qarshingizda bosh shakli yumaloq, qanshari baland, yanoqlari oldinga turtib chiqqan, koʻzlari yonib turuvchi odam boʻlsa, ishonaveringki, u aniq bir maqsadga intiladigan, yetakchilik qobiliyati yuqori kishi.
Boshining tepa qismi kallaning boshqa sohalariga qaraganda yirikroq boʻlsa, bunday kishida his-tuygʻu yetakchilik qiladi. U qaror qabul qilayotganda tahlilga emas, koʻproq ichki kechinmalarga suyanadi. Asosiy oʻziga xosligi — ishga layoqati va tirishqoqligi.
Bosh va boʻyinning joylashuvi, boshni tutib turish tarzi, harakati ham fiziognomistlar eʼtiboridan chetda qolmagan. Tik va baland bosh oʻz qadrini bilishdan darak. Bunday odam mustaqil fikrga ega, hayotga optimistik koʻz bilan qaraydi va imkoniyatlarini toʻgʻri baholay oladi.
Biroz orqaga tashlangan bosh shuhratparastlikdan dalolat. Boshini bu tarzda tutib turuvchi odam oʻzi va atrofdagilar oʻrtasida masofa saqlashni xohlaydi. U kuchli iroda va qatʼiylik xususiyatiga ega. Oʻz fikrida sobit turadi va birovning yoʻrigʻiga kamdan-kam yuradi.
Oldinga biroz egilgan bosh itoatkorlik, boʻysunishga tayyorlikni koʻrsatadi. Ammo unutmaslik kerakki, boshning bunday holati fikr va gʻoyalar bilan bandlikdan ham boʻlishi mumkin. Sharqda oldinga egilgan bosh rivojlangan intellektni bildiradi, deb hisoblanishi bejiz emas.
Oʻngga egilgan bosh ochiqlik, xolislikni bildiradi. Boshini oʻngga egishga moyil odamlar atrofdagilarga xolis yordam berishga tayyor. Chapga egilgan bosh esa qiziquvchanlik, istehzo, shubha va mugʻombirlikdan darak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi