
Yaponiyaning Toxo universiteti mutaxassislari bir kun uxlamaslik diabet xastaligi kelib chiqishining bosh sababchisi ekanligini aniqladilar. Ular bu xulosaga hayvonlar bilan oʻtkazilgan tajriba asosida keldilar, deya xabar berdi “Hordiq” nashri.
Yapon tadqiqotchilari tajribani kemiruvchilar ustida olib borishdi. Kemiruvchilar ikki guruhga boʻlindi, har bir guruhga yogʻli mahsulotlar hamda suv berildi. Tadqiqot davomida guruhlardan biri olti soat davomida uyqusiz qoldirildi, ikkinchi guruh odatdagidek tartibda dam oldi. Natija shuni koʻrsatdiki, uyqusizlik jigarni glyukoza ishlab chiqarish qobiliyatiga, shuningdek, insulinni sindirishga taʼsir qilgan. Bu asosda 2-toifa diabet rivojlanishi va jigar kasalligi (steatoz) rivojlanishining xavfi oshgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar