21:05 / 09.09.2018
6 285

Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli

Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
Foto: “Trendymen.ru”
Uyqusizlik muammosi koʻpimizga begona emas. Ammo buning yechimi bor — amerikalik harbiylar Ikkinchi jahon urushi yillarida oʻylab topgan bu usul bilan bizni “Focus” nashri tanishtirdi.

Bu usulni qoʻllaganlarning 96 foizi ikki daqiqa ichida uyquga ketadi. Sershovqin joydamisiz, yaqinda qahva ichganmisiz, ahamiyatsiz, hatto oʻtirgan holatda ham tez uxlay olasiz, — deydi amerikalik bloger Sharon Akermann.

Albatta, yumshoqqina toʻshakka nima yetsin?! Biroq baʼzida juda koʻp vaqt bir joyda oʻtirib kutishga toʻgʻri keladi (masalan, vokzal, aeroportlarda reyslar kechiktirilganda yoki boʻlmasa samolyot, poyezd, avtobusda uzoq yoʻlga otlanganda), shunday pallalarda bir oz mizgʻib olish zarar qilmaydi.

Amerikalik harbiylar usuli

Oʻrindiqqa suyanib, tovoningizni yerga bosib, qoʻllaringizni tizzangizga qoʻying. Shundan soʻng yuz, til, jagʻ mushaklaringizni toʻliq boʻshashtirib, koʻzingizni yuming. Gap shundaki, yuz mushaklari boʻshashganida tanaga, u ham boʻshashishi kerakligi toʻgʻrisida, signal keladi. Gavdangizning yuqori qismini ham boʻshashtiring — keyin navbat yelkalar, boʻyin va qoʻllarga.

Buni toʻgʻri bajarishni tushunish uchun bitsepslar (yelka va tirsak oʻrtasidagi mushaklar) bilan sinov oʻtkazib koʻring — avvaliga taranglashtiring, keyin boʻshashtiring. Chuqur nafas olib, koʻkrak qafasini boʻsh qoʻying. Tanangizning past qismini ham boʻshashtiring. Oyogʻingizning tepa qismini, soʻng boldirlarni va oyoq uchini boʻsh qoʻying. Siz oyogʻingizdagi ogʻirlikni his qilishingiz kerak. Butun tanangiz boʻshashganidan soʻnggina siz uyquga ketasiz. Ortiqcha xayollarga berilmang. Qachonki miyangizdagi turfa fikrlarni quvsangizgina uyqu kafolatlanadi. Bugun nima boʻldi, ertaga nima qilmoqchisiz — oʻylamang. Fikrlash zoʻriqishga olib keladi.

Yaxshisi oʻzingizni sokin koʻlda chayqalib turgan qayiqdaman deb his qiling. Buyam yordam bermasa xayolan shu jumlalarni takrorlang: “Men hech nimani oʻylamayapman” — bu sizni ortiqcha oʻylardan xalos qiladi. Boʻshashgan tana va xotirjam miya tez uyquga ketadi.

Har kuni bu usulni takrorlayversangiz siz atigi ikki daqiqada uyquga keta oldigan boʻlasiz.

Boshida oson boʻlmaydi, ammo taslim boʻlmang — takrorlayvering. Intilishlaringiz munosib taqdirlanadi — shirin va toʻyimli uyquga albatta ega boʻlasiz.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli