Koʻpchilik Jeyms Bond buyumlari haqida orzu qiladi: soatlar, oʻrnatilgan lazerga ega koʻzoynaklar. Albatta filmlardagi 007 josusiga aylanishimiz dargumon, biroq ularga xos boʻlgan usullarni hayotda qoʻllashimiz mumkin. Masalan, yolgʻonni aniqlash uchun.
Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq josusi Jeyson Xanson (Jason Hanson) oʻzining “Oʻzingni maxsus xizmat uslubida himoya qil” kitobida kundalik hayotda josuslikning usullaridan foydalanish mumkinligi haqida yozadi. Masalan, yolgʻonni aniqlashni oʻrganish. Bu instrumentlar sizga haqiqatni aniqlash, yolgʻonchi, oʻgʻri va ikkiyuzlamachilarning asl basharasini ochishda yordam beradi.
Yolgʻonchini topishdan oldin ushbu odam sokinlik holatida oʻzini qanday tutishini aniqlashingiz, keyin esa quyida keltirilgan usullardan foydalanishingiz mumkin.
1. Aniq boʻlmagan javob
Yolgʻonning birinchi belgisi – savolga toʻgʻri javob berishdan qochish. Masalan siz: “Ofisdan kompyuterni sen oʻgʻirladingmi?” – deb soʻraysiz va “Tushunmadim, sen mendan qanday qilib shubhalanishing mumkin?” degan javobni eshitasiz. Yolgʻonchi yana dunyodagi eng toza koʻngil inson ekani, universitetda starosta boʻlgani va uchastka noziri uning doʻstiligini aytadi.
Rostgoʻy odam unga ishonishingiz uchun barcha sabablarni sanab oʻtirmaydi. Savolga javob beradi-qoʻyadi.
2. Din
Yolgʻon ustida qoʻlga tushgan odam din yordamida oʻzini oqlashga harakat qilishi mumkin. Masalan, agar oʻgʻri “Qanday qilib buni men oʻgʻirladim degan fikrga keldingiz! Axir men mormonman-ku! Ular qoʻllarini oʻgʻrilik bilan kir qilishmaydi!” desa, roʻparangizda ikki standartli mormon turgani ehtimoli katta.
3. Oyoqlar
Koʻpchilik yolgʻonchini yuzidan aniqlab olish eng oson usul deb oʻylaydi. Biroq odamning oyogʻi koʻproq maʼlumot berishi mumkin. Sizda ham shunday holatlar yuz bergan boʻlsa kerak. Bir kishi bilan yonma-yon oʻtirib, unga savol beryapsiz. Javob sifatida u oyogʻini qimirlatishni boshlaydi. Bu uning yolgʻon gapirayotganini anglatish ehtimoli katta.
Biroq baʼzi odamlar suhbat vaqtida har doim oyoqlarini qimirlatishi haqida unutmang.
Oyoqlar bizni juda koʻp hollarda “sotib qoʻyadi”. Poshna qaysi tomonga yoʻnaltirilganiga qarab, odam qayerga ketishni istayotganini bilish mumkin. Agar biror kishi siz bilan suhbatlashayotganida oyoqlari eshik tomonga yoʻnalgan boʻlsa, ehtimol u uyga ketishni istamoqda.
Bojxona xodimlarini ham oyoqlarni kuzatishga oʻrgatishadi. Agar suhbat davomida oyoqlar bojxona xodimi tomonga qarab yoʻnalgan boʻlsa, yashiradigan narsaning oʻzi yoʻq. Oyoqlar chiqish tomonga qarab yoʻnalgan boʻlsa, bojxona xodimi ish toza emasligidan shubhalanishi mumkin.
4. Harakatsizlik
Jeyson oʻz kitobida yolgʻonchilar oʻzini toshbaqa kabi tutib, boshini toshi ostiga kirgizib, harakatlanmasligi haqida ham yozadi.
5. Oʻta samimiy nigoh
Koʻpchilik agar odam koʻzini polga qadasa, aldayotgan boʻladi deb oʻylashadi. Bunday emas. Odamda pastga qarash uchun oʻnlab sabablar boʻlishi mumkin. Masalan, uyalish.
Tasavvur qiling: boshligʻingizni sizni chaqirib, hisobotlar qayerga yoʻqolgani toʻgʻrisida soʻrayapti. Siz ular qayerda ekanini bilmaysiz. Koʻzingizni yerga qadaysiz. Holatning oʻzi shunaqa, bu siz uchun normal reaksiya. Ayniqsa sizni qoʻl ostingizdagi xodim emas, boshliq soʻroqqa tutayotgani hisobga olinsa.
Yolgʻonchini aksincha oʻta samimiy nigoh “sotib qoʻyishi” mumkin. Agar odam koʻzingizga oʻta samimiy tikilsa, bu uning aldayotganini bildirishi mumkin.
6. Giperreaksiya
Yolgʻonchilarning koʻpchiligini yolgʻonda ayblanganda kuchli hayajon bilan javob qilishadi. Giperreaksiyaning maqsadi shubhangiz uchun sizda aybdorlik hissini uygʻotishga majbur qilishdan iborat.
7. Jinoyat va jazo
Mana bunday voqea yuz bergan. Restoran kassasidan 50 ming rubl oʻgʻirlangan. Kim oʻgʻirlaganini aniqlash uchun xodimlarga anketa berilgan. Unda “Bu odam qanday jazoga loyiq?” degan savol bor edi. Xodimlarning bari “Ishdan boʻshatish” kabi javoblar yozishgan. Javoblarning faqat bittasi mana bunday boʻlgan: “Odamlar baʼzida xato qiladi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun oʻsha odamga qattiq ogohlantirish berish lozim”. Odatda aybdor kishilar jazo yengilroq boʻlishi lozim, deb hisoblaydilar.
Yodingizda boʻlsin, bu usullarning bari yolgʻonchini aniqlash boʻyicha yuz foizlik kafolat bermaydi.
“Oʻzingni maxsus xizmat usulida himoya qil” kitobi materiallari asosida “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi