Bola onasidan soʻradi:
— Onajon, nimaga yigʻlayapsiz?
Onasi javob berdi:
— Chunki men, ayolman.
— Men buni tushunmayman, — dedi, bola. Ona uni bagʻriga bosib:
— Ilohim, hech ham tushunmagin, bolam! – dedi. Soʻng u otasidan soʻradi:
— Onam nima uchun sababsiz yigʻlayaptilar?
Otasi dedi:
— Hamma ayollar sababsiz yigʻlaydilar.
Bola ulgʻaydi. Kishiga aylandi.
Lekin, hamon ayollarning nimaga yigʻlashlarini tushunmasdi.
Nihoyat u donishmanddan soʻradi.
— Ayollar nima yigʻlaydilar?
Hakim javob berdi:
— Alloh ayollarni yaratganida, ularga kuchli yelkalarni berdi. Unda ular butun dunyoning tashvishini koʻtaradilar. Halovat berishlari uchun ikkita yumshoq, mayin qoʻllarni berdi. Farzandlarini dunyoga keltirishlari, ularni ulgʻaytirishi, erkaligiyu injiqliklarini koʻtarishi, oilasining dashnomlari, unga munosabatlarini, barcha qiyinchiliklarga sabr qilishlari uchun ichki kuch, matonat ato etdi. U eng ogʻir holatlarga ham toqat qilishi mumkin! Farzandiga nisbatan mehr berdi. Bolalari kuni kelib unga dushman boʻlib qolishsa ham, alamlariga sabab boʻlishsa ham, uning muhabbati ularga nisbatan oʻzgarmaydi, tugamaydi. Eng oxirida unga koʻzyoshlarni berdi. Yurak-bagʻri toʻlib ketganda achchiq koʻzyoshlari bilan ularni toʻkib soladi. Bu ularning eng zaif nuqtalaridir.
Ayollarning koʻzyoshlarini hurmat qiling!
Ona…
Och qolsang, oshxona;
Kasal boʻlsang, shifoxona;
Quvonsang, bayram;
Uxlasang, vaqtida uygʻotuvchi;
Yigʻlasang, dardingga darmon;
Istasang, mustahkam suyanch;
Bagʻrikeng.
Uning koʻzyoshlari samoviy.
Mehnatlari tekin.
Himmati baland. Joni arzon.
Koʻchaga chiqib ketib, qaytganimizda, bizga hech narsa kerak boʻlmasa ham, “Onam qanilar?” deymiz.
Ona — VATAN. U har qancha bechora boʻlsin, qadri beqiyos. Moddiy koʻmak berolmaydigan zaifa boʻlsa ham, kuchli ruhiy madad. Undan yiroqqa ketamiz-da… ketamiz-u tuproqlarini oʻpib, koʻzimizga surish uchun qaytib kelamiz!!! Sogʻinamiz!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi